Altunizade masjidi

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Ymblanter · CC BY-SA 3.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Altunizade masjidi (turkcha: Altunizade Camii), Ismoil Zühtü Posho masjidi (turkcha: İsmail Zühtü Paşa Camii) – nomi bilan ham tanilgan, Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan XIX asrga oid Usmonli masjidi.

Tarixi

Masjid Istanbulning Üsküdar tumanidagi Altunizade mahallasida joylashgan. Bino shu joyda dafn etilgan Altunizade İsmail Zühtü posho (1806–1887) tomonidan 1865-yilda qurdirilgan. Bu Istanbulning Anadolu qismidagi Usmonli meʼmorchiligidagi masjidlarning soʻnggi namunasi boʻlishi mumkin. Dastlab masjid bolalar maktabi, turk hamomchasi, namoz vaqti hisoblanadigan xona, favvora, imomning xonasi, namozxona, muazzin, azon oʻqiladigan xona, novvoyxona va baʼzi doʻkonlardan iborat ijtimoiy majmuaning bir qismi boʻlgan (turkcha: külliye). Hozirda ular orasida ayrim doʻkonlargina saqlanib qolgan. Altunizade masjidi bugungi kunda juda yaxshi holatda.

Arxitekturasi

Masjid uygʻonish davri barokko uslubida bunyod etilgan. Bunday uslubda qurilgan masjidlar Usmonlilar imperiyasining soʻnggi namunalari hisoblanadi. Masjid binosi uchta darvozaga ega kichik hovlida joylashgan. Eng katta darvoza tepasiga va Kaʼbaga qaragan devorning tashqi tomoniga yozuv tushirilgan. Bino narteksi (ichki vestibyul) yopiq joy koʻrinishida qurilgan. Narteksdagi uchta – bitta katta va ikkita kichik eshiklar namozxonaga olib boradi. Masjid yopilgan vaqtda namoz oʻqish uchun narteks devorida bezakli kichik mehrob qurilgan. Narteksning yon tomonidagi ikkita yogʻoch zinapoyalar ayollar va muazzinlar boʻlimiga olib boradi. Kvadrat shaklidagi masjid ohaktoshdan qurilgan. Uning ichki qismi gips bilan qoplangan. Ziyoratgoh devorlariga qoʻlda oʻyib ishlangan bezaklar bilan ishlov berilgan. Masjidning bitta gumbazi boʻlib, uni bino burchaklaridagi toʻrtta ustunlar koʻtarib turadi. Gumbazning ichki yuzasi 16 ta zonaga boʻlingan. Gumbaz markazi diqqatni jalb qilish uchun moviy rangga boʻyalgan va u yerga Qur’on oyati yozilgan. Masjid derazalari juda katta boʻlib, uygʻonish davri barokko uslubida yaratilgan namunalarga misol boʻla oladi. Masjid bitta minora va bitta balkonga ega. Klassik Usmonli masjidlari meʼmorchiligida kuzatiladigan qoʻrgʻoshin bilan qoplangan shpallardan farqli oʻlaroq, minoraning shpali toshdan qilingan boʻlib, vazirning sallasi shaklida yaratilgan. Pastki qatorda, yon devorlarda uchta katta, mehrob devorining yon tomonida esa ikkita katta deraza mavjud. Yuqori qatorning har ikki tomonida yana uchta deraza bor, bundan tashqari oʻrtadagi katta derazaning yon tomonida ham ikkita kichik deraza joylashgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, historic building, arts venue
Qurilgan
1865-yil
Ochilgan
1866-yil
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi, Ottoman architecture, baroque revival
Material
Ohaktoshlar
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Altunizade

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.020278, 29.045556Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Altunizade masjidi (uz.wikipedia.org), 3-fevral, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.