Amir Olimxon madrasasi

BeshevI · CC BY-SA 4.0

Ymblanter · CC BY-SA 4.0

Ziegler175 · CC BY-SA 4.0

Amir Olimxon madrasasi — 1915-yilda mang‘it hukmdori Sayid Olimxon tomonidan Buxoro amirligining oʻsha paytdagi poytaxti — Buxoroda tashkil etilgan madrasa.

Tarixi

Madrasa 1914—1915-yillarda Buxoro amirligidagi soʻnggi hukmdori Said Olimxon mablagʻlari hisobidan sakkiz burchakli gumbazli bino saqlanib qolgan Qozi Kalon hammomi oʻrnida qurilgan.

Madrasa Poyi-Kalon ansambli maydonining janub tomonida, Miri Arab madrasasi yonida joylashgan.

Buxoroda Sovet hokimiyati o‘rnatilgach madrasa yopib qo‘yildi. 1924-yil boshidan yodgorlik shahar kutubxonasi vazifasini bajargan. Keyinchalik O‘zbekiston SSR davrida madrasa Pavlik Morozov nomidagi bolalar kutubxonasiga aylantirildi.

Endilikda Oʻzbekistonning „Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxati“ga kiritilgan. Hozirgacha kutubxona sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2011-yilda madrasada taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.

Ta‘lim

Imom Sobirjon Mustofiy „Vaqt“ gazetasida chop etilgan „Buxoroda madrasa taʼsis etiluv munosabatila“ nomli maqolasida madrasaning bosh mudarrisi etib toshkentlik Xolmurod afandi tayinlangani, mudarris Sadriddin maxdum hisob, handasa, faroiz, mudarris Ibodulla Maxdum fatvo fanlaridan dars o‘tgani haqida maʼlumot bergan. Madrasada tafsir, hadis, kalom, fikh, usuli fikh, hisob, tajvid, tarix fanlaridan taʼlim berish belgilab qo‘yiladi.

Madrasaning nizomnomasida bu o‘quv muassasasida tahsil olayotgan o‘quvchining ikkinchi madrasada o‘qishi taʼqiqlanib, har yili tahsilning oxirida talabalarni imtihon qilish qatʼiy belgilab qo‘yilgan.

Madrasa tashkil etilgan vaqtda unga faqat buxoroliklarni taʼlim olishiga ruxsat berilgan bo‘lib, keyinchalik chetdan kelgan o‘quvchilar ham qabul qilingan. „Vaqt“ jurnaliga Buxorodan kelgan bir maktubda 1915—1916-o‘quv yilida tataristonlik Is’hoq Sayfiddin madrasaga tahsil olish uchun qabul qilinganligi qayd etilgan

Qisqa ma’lumot

Turi
Madrasa, architectural landmark
Qurilgan
1915-yil
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.775556, 64.415556Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Amir Olimxon madrasasi (uz.wikipedia.org), 21-aprel, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.