Anadoluxisar qal’asi

İhsan Deniz Kılıçoğlu · CC BY-SA 3.0

flowcomm · CC BY 2.0

İhsan Deniz Kılıçoğlu · CC BY-SA 3.0

Anadoluhisar qal’asi (Anadolu) (inglizcha: Anadoluhisarı, turkcha: Anadolu Hisarı) — Istanbulning Osiyo qismida, Bosfor sohilida joylashgan kichik qal’a. Istanbuldagi eng qadimgi turk meʼmoriy inshootidir.

Tarixi

Anadoluhisar 1393-yilda Sulton Boyazid I buyrugʻi bilan Bosforning Osiyo qirgʻogʻida qurilgan va Konstantinopol qamalini tayyorlash uchun moʻljallangan edi. Qal’a boʻgʻozning eng tor qismida joylashgan boʻlib, uning bu qismida kengligi 660 metrni tashkil etadi. Keyinchalik, 1452-yilda Anadoluhisar — Rumelihisar roʻparasida yangi qal’a quriladi, shundan soʻng Bosfor butunlay Osmanlar imperiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Anadolu qal’asi kuzatuv nuqtasi sifatida qurilgan, balandligi 25 metr. Qal’a keyinchalik Sulton Mehmed II tomonidan mustahkamlangan. Konstantinopol qulagandan keyin qal’a qamoqxona sifatida ishlatilgan.

1991-1993-yillarda qal’a qayta tiklandi va keng jamoatchilik uchun yopiq muzeyga aylantirilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
mudofaa inshootlari, muzey
Qurilgan
1393-yil
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Balandligi
25 m
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.082139, 29.067028Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Anadoluxisar qal’asi (uz.wikipedia.org), 10-yanvar, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.