Rumeli Hisor qal’asi
Rumeli Hisor qal’asi (turkcha: Rumeli Hisarı) – Istanbulning Sariyer tumanida qurilgan hisor qalʼa. Qal’a Mehmed II Fotihning Istanbulni egallash vaqtida Qora dengizdan kelishi mumkin boʻlgan kemalarni toʻxtatish maqsadida Istanbul Boʻgʻozining eng tor (698 m) qismida Anadoluxisar qal’asining qarshisida bunyod etilgan.
Tarixi
Hisorning qurilish ishlari 1452-yil 15-aprel kuni boshlagan. Hisor qurilishi davomida, ishlarning nazorati posholarga boʻlib berilgan. Xususan, hisorning dengiz tarafiga qaragan qismini sulton Mehmed II Fotihning oʻzi nazorat qilgan. Dengizdan qaraganda hisorning oʻng tomondagi qismi Saruca Poshoning, chap tomoni esa Zaganos Mehmed poshoning, dengizning qirgʻogʻidagi minora Chandarli Halil poshoning nazoratiga topshirilgan. Rumeli Hisor qal’asi Konstantinopolning qulashi vaqtida qarshisidagi Anadoluxisar qal’asi bilan muhim ahamiyat kasb etgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- qalʼa, muzey
- Qurilgan
- 1451-yil
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Rumeli Hisor qal’asi (uz.wikipedia.org), 21-iyun, 2024 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.




