Atik Ali posho masjidi
Atik Ali posho masjidi (turkcha: Atik Ali Paşa Camii) – Turkiyaning Adirna shahri, Meydan mahallasidagi masjid.
Atik Ali posho koʻchasida, Salimiya masjididan taxminan 1,5 km uzoqlikda joylashgan masjid bugungi kunda tashrif buyurvchilar uchun ochiq hisoblanadi. Vaqflar Bosh boshqarmasi tasarrufidagi bino Adirna madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish kengashining 2003-yil 4-iyuldagi 7697-sonli qaroriga binoan roʻyxatga olingan.
Tarixi
Masjidning aniq qurilgan sanasi nomaʼlum boʻlsa-da, uning sulton Boyazid II davrida xizmat qilgan vazirlaridan biri Atik Ali Posho tomonidan qurdirilganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Atik Ali Poshsho 1506-yilda vafot etganligi sababli masjid ushbu sanadan oldin qurilgan deb hisoblanadi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Atik Ali posho masjidi (uz.wikipedia.org), 28-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.



%252001.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)