Ismoil ogʻa masjidi
Ismoil ogʻa masjidi (turkcha: İsmail Ağa Camii) yoki Baruthane masjidi – Turkiyaning Adirna viloyati markazida XV asr oʻrtalarida Ismoil ogʻa tomonidan qurilgan masjid.
Ismoil ogʻa masjidi XV asr oʻrtalarida sulton Mehmed II Fotih va Boyazid II davrida yashagan, oʻzining xayriya ishlari bilan tanilgan Ismoil ogʻa tomonidan bunyod etilgan. Janubdan shimolga tomon nishab yerda, kichik bogʻ ichida qurilgan masjid kvadrat shakldagi gumbazga ega. Masjidning shimoliy burchagida bitta balkonli minora qurilgan.
Masjid 1631, 1911, 1993 va 2005-yillarda taʼmirlangan boʻlib, oxirgi restavratsiya ishlari 2018–2020-yillar oraligʻida 2 yil davom etgan. Ushbu restavratsiya jarayonida masjidga ayollar uchun maxsus boʻlim ham qoʻshilgan. Shuningdek, bogʻ va tahoratxonalar yangilangan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Ismoil ogʻa masjidi (uz.wikipedia.org), 24-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)

%252001.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
