Bayonqulixon maqbarasi

Dmitriy Page, http://www.pagetour.org - Jabez at English Wikipedia · Public domain

Kagansky · CC BY-SA 4.0

FineCreatures · CC0

Bayonqulixon maqbarasi – Buxoroda qurilgan Oʻrta Osiyo meʼmorchiligining noyob namunasi (XIV asr oʻrtasi). Maqbara 1358-yilda Buxorodagi shayxul olam Sayfiddin Boharziy maqbarasi yaqinida Chigʻatoy ulusi xoni Bayonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara binosi moʻjaz va serhasham. Ayniqsa peshtoqi mayda va nafis naqshga, sirkor bezaklarga boy. Ichkarisi gumbazli, sirkor bezakli ziyoratxona va kichik goʻrxonadan iborat. Ular lojuvard, feruza, oq rangli, islimiy va girih naqshli oʻymakor sopol parchinlari bilan ishlangan. Oʻrta Osiyo maqbaralaridagi mana shunday rangdor manzarali bezak uslubi Shohizinda ansambli (Samarqand)da yanada rivoj topgan. Bayonqulixon maqbarasi Amir Temur davri meʼmorligining ilk namunalaridan hisoblanadi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.766812, 64.444585Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Bayonqulixon maqbarasi (uz.wikipedia.org), 20-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.