Sulton Boyazid II sogʻliqni saqlash muzeyi majmuasi

Nevit Dilmen · CC BY-SA 3.0

Ggia · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Sulton Boyazid II sogʻliqni saqlash muzeyi majmuasi (turkcha: Sultan II. Bayezid Külliyesi Sağlık Müzesi) – Turkiyaning Edirne shahrida joylashgan Sulton Boyazid II majmuasi tarkibidagi Trakiya universitetining kasalxona muzeyi.

Majmuaning tarixiy dorushifosi 1993-yilda Edirneda joylashgan Trakiya universiteti tarkibiga kiritildi va 1997-yilda kasalxona muzeyiga aylantirildi. Ushbu muzey tibbiyot tarixi va sogʻliq masalalariga bagʻishlangan muzey hisoblanadi. Shundan beri muzey doimiy ravishda rivojlanib kelmoqda. Oʻz sohasida Turkiyadagi yagona muzey boʻlib qolmoqda va tashrif buyuruvchilarga, xususan, Usmoniylar tarixi doirasida tibbiyot va tibbiy xizmatlarning rivojlanishi haqida turfa va qimmatli maʼlumotlar beradi. Muzey Edirneda eng koʻp ziyorat qilinadigan tarixiy obidalardan biri boʻlgan Salimiya masjididan keyin 2-oʻrinda turadi. Muzeyga 2004-yilda Yevropa Kengashining „Yevropa Kengashi Muzeyi mukofoti“ topshirilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
hospital museum
Qurilgan
1997-yil
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.685833, 26.543611Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sulton Boyazid II sogʻliqni saqlash muzeyi majmuasi (uz.wikipedia.org), 27-yanvar, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.