Bebek masjidi
Bebek masjidi (turkcha: Bebek Camii), rasmiy nomi Hümayun-u Obod masjidi (usmonli turkcha: Hümayûn-u Âbad Cami) – 1913-yilda qurilgan masjid, Turkiyaning Istanbul shahri, Beşiktaş (talaffuzi: Beshiktosh) tumani, Bebek mahallasida joylashgan.
Bebek masjidi meʼmor Kamoliddin (1870–1927) tomonidan loyihalashtirilgan va Bebek shahrida vazir Nevşehirli Damat Ibrohim posho (talaffuzi: Nevshehirli Damat Ibrohim posho) (1666–1730) tomonidan foydalanishga topshirilgan masjid oʻrnida bunyod etilgan.
Arxitekturasi
Bebek masjidi Jevdet posho koʻchasida past beton devorlar bilan oʻralgan hovli ichida joylashgan. Masjidning qurilish rejasi kvadrat shaklda boʻlib, ohaktoshdan bunyod etilgan. Binoning old va orqa tomonida ikkitadan, yon tomonlarida oltita hamda ularning tepasida jami 28 ta derazalar mavjud. Masjid gʻarbiy devorga tutash baland poydevor ustiga qurilgan koʻp burchakli minoraga ega. Minora ayvonining pastki tomoni uch qator muqarnas bilan bezatilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid, historic building
- Qurilgan
- 1913-yil
- Me’mor
- Mimar Kemaleddin
- Me’moriy uslub
- Neoklassitsizm
- Material
- Ohaktoshlar
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Bebek masjidi (uz.wikipedia.org), 22-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





