Chashma Ayub xazirasi

Umid1108 · CC BY-SA 4.0

Umid1108 · CC0

Официальный веб-сайт Агентства культурного наследия Республики Узбекистан · CC BY 4.0

Chashmai Ayyub xazirasi – Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Vobkent tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (XI–XIX). Bu qadamjo suv va Ayyub paygʻambar nomi bilan bogʻliq.

Xazira 1208–1209-yillarda Burxoniy hukmdor sadr Abdulaziz II tomonidan 1017-yil vafot etgan hadisshunos olim Abu Saʼd al-Xarjushiy qabri ustiga bunyod etilgan. Olimlarning fikricha, Vobkent minorasini qurgan usta meʼmor Chashmai Ayyub xazirasini ham bino qilgan. Oʻrta asrlarda qadamjo vazifasini oʻtagan ushbu ziyoratgohda darveshlar xonaqosi va masjid boʻlgan.

Xazira peshtoqida yozilgan hadis Markaziy Osiyo yodgorliklarida saqlanib qolgan eng qadimgi hadis namunalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda yodgorlik Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan.

Rivoyatlarda

Bir rivoyatga koʻra, jahongashtalikdan qattiq toliqqan Ayyub paygʻambar Amudaryodan oʻtib, Buxoroga yetib kelgan. Shu yerdagi aholi uni izzat-ehtirom bilan kutib olgan. Aholidan minnatdor boʻlgan paygʻambar shunday duo qilgan:

Vaqt oʻtib paygʻambar shu yerda vafot etgan. Uning qabri ustiga qurilgan imorat gumbazi ostida Jannat buloqlaridan biri ekanligi rivoyat va afsonalarda keltirilgan chashma joylashgan. Chashmaning oldida barglari hatto qishda ham yam-yashil turuvchi bir daraxt oʻsgan ekan.

Boshqa bir rivoyatga koʻra, paygʻambar kelib toʻxtagan joyda hassasining zarbidan yerdan chashma otilib chiqqan. Chashma suvi shifobaxsh hisoblanib, buloq boshiga minglab ziyoratchilar va hojatmandlar toʻplanib kela boshlagan. Vaqt oʻtib, oʻsha joy ziyoratgohga aylangan. Chashmaning suvi esa teri kasalliklariga qarshi shifobaxsh hisoblangan.

Tarixi

Chashmai Ayyub xazirasi Buxoro shahridan 20 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, Burxoniylar hukmronligi davrida Sadr Abdulaziz II tomonidan 1208–1209-yillarda bunyod etilgan. Oʻzbekiston hududida Chashmai Ayyub deb nomlangan uchta yodgorlik mavjud. Ular Buxorodagi Chashmai Ayyub maqbarasi (XII–XVI asrlar), Qarshidagi Chashmai Ayyub maqbarasi (XII–XV asrlar), Vobkentdagi Chashmai Ayyub xazirasi (XIII asr).

Xaziraning Chashmai Ayyub deb atalishiga asosiy sabablardan biri qabrdan 10 metrcha shimolroqda joylashgan chuqurligi 12–15 metrlik tosh quduqqa nisbatan berilgan. Chashmai Ayyub xazirasida milodiy 1017-yil (hijriy 404-yil)da vafot etgan, hadisshunos olim Saʼd al-Xarjushiy qabri joylashgan. Saʼd al-Xarjushiy toʻgʻrisida Abdulkarim as-Sam’oniyning „al-Ansob“ (Nasabnoma) asarida maʼlumot keltirilgan.

Bino, shuningdek, savdo karvon yoʻli yoqasida joylashganligi sababli xonaqoh vazifasini bajargan. Binoning hozirgi kunda faqat kirish qismi, yaʼni, peshtoqi saqlanib qolingan. Peshtoqning chap tomonida esa keyinchalik taʼmirlangan, pishiq gʻishtdan qurilgan devorning bir qismi mavjud.

Islom dini amal qila boshlagan davrda ruhoniylar, din vakillari Qur’oni Karim koʻrsatmalari va Muhammad paygʻambar hadislaridan kelib chiqib muqaddaslashtirilgan shaxslar nomi bilan atalgan qadamjolarga sigʻinavermaslik, shuningdek, tavof etavermaslik yoʻlini tutgan. Keyingi davrlarda din vakillari chiqargan fatvolari asosida ziyorat uchun baʼzi yengilliklar berilgan. Chashmai Ayyub yodgorligida ham hadisdan keltirilgan bitik mavjud. Peshtoqning yuqori qismida „muaqqoq“ yozuvida paygʻambar Muhammad alayhissalomning hadisi va bino qurilgan sana yozilgan.

Undagi feruza rangli koshinda quyidagi kitoba bitilgan:

Yodgorlikda bitilgan kitoba Markaziy Osiyo yodgorliklarida saqlanib qolgan qadimgi hadis namunalaridan biri hisoblanadi. Sanʼatshunoslik fanlari nomzodi Qoryogʻdi Jumayev tadqiqotlariga koʻra, koshindagi yozuv hijriy 650-yil (milodiy 1252-yil) deb koʻrsatilgan. Tarixchi olima Yelezaveta Nekrasovaning yozishicha, koshin boʻlagidagi yozuv hijriy 605-yil, milodiy 1208–1209-yillarda bitilgan. Aksar manbalarda xazira peshtoqidagi yozuv milodiy 1208–1209-yillarda bitilgani qayd etilgan. Bino ichkarisida quduq joylashgan. Shuningdek, xazira atrofida 4 ta quduq boʻlgan. Quduqlardan uchtasi koʻmilgan boʻlib, hozirgi kunda faqat bittasi saqlanib qolingan. Yelezaveta Nekrasovaning yozishicha, Chashmai Ayyub xazirasi atrofida tabiiy buloq qadimdan mavjud boʻlgan. Arxeologik qazishmalar natijasida xazira atrofidagi masjid devori ortidan X asrga taʼalluqli sopol idish parchasi va 945–946-yillarga oid Nuh ibn Nasr tangasi topilgan. Binoga taxminan XII asrning birinchi choragida sadr Abdulaziz I (vafoti 1124-yil) tomonidan asos solingan boʻlib, buni xazira ostidagi topilmalar inkor etmaydi. Olimlarning fikriga koʻra, xazira qurilishidan 9–10-yil avval Vobkent minorasi barpo etilgan.

Vobkentdagi xazira va minora dekorativ bezaklari va yozuvlari bir-biriga juda ham oʻxshash hisoblanadi. Shuningdek, Chashmai Ayyub xazirasi va Buxoro shahridagi Magʻoki attori masjidi peshtoq qismidagi yarim gumbazlar yuqori qism bezaklari deyarli bir xil uslubda bezatilgan. Qoryogʻdi Jumayevning yozishicha, yodgorlik XI–XII asrlarda bunyod etilgan Karmanadagi Raboti Malik va Mir Said Bahrom maqbarasi qurilish arxitekturasiga oʻxshab ketadi.

1220-yil Chingizxon tomonidan Buxoro zabt etilib, vayron qilingan va yoqib yuborilgan. Buxoro aholisi esa qirib tashlangan. Mazkur bosqinchilik qishloq hududlarida ham koʻzga tashlanadi. Bosqinchilik natijasida Chashmai Ayyub xazirasi ham vayron holatga kelib qolgan. Bino devori va masjidi buzilib, buloq joylashgan xona devorlari ham varyon boʻla boshlagan. Yodgorlikda XVI asrda kichik taʼmirlash ishlari olib borilgan boʻlib, maydoni 280 metr kvadratdan ikki barobar yaʼni 120 metr kvadratga qisqargan. Chashmai Ayyub xazirasining vayron boʻlishi butun mamlakat, jumladan, poytaxt Buxoro va uning atroflarida boʻlib oʻtgan XVIII asrdagi siyosiy va iqtisodiy inqiroz bilan bogʻliq.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley, architectural landmark
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.970153, 64.636978Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Chashmai Ayyub xazirasi (uz.wikipedia.org), 3-oktabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.