Chatirkoʻl
Chatirkoʻl — Kirgʻiziston Respublikasi Norin viloyatidagi kul. Markaziy Tyanshanda. Shim.da Otboshi va jan.da Toʻrugʻarttov togʻlari orasida, 3530 m balandlikdagi soylikda joylashgan. Maydoni 175 km², uz. 23,5 km, eng keng joyi 12 km. Koʻl sayoz, oʻrtacha chuq. 3,8 m (eng chuqur joyi 22 m). Chatirkoʻlga atrofidagi togʻlardan bir qancha soy va jilgʻalar oqib tushadi, undan suv oqib chiqmaydi. Iyun — iyul oylarida suv sathi ancha koʻtariladi, yanvar—fevralda pasayadi. Suvi chuchuk, sharqiy qismida bir oz shoʻr. Noyabrdan aprelgacha muz bilan qoplanadi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- lago
- Maydoni
- 181 km²
- Dengiz sathidan
- 3 500 m
- Meros maqomi
- Ramsar site
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.633333, 75.283333Google Maps'da ochish
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Chatirkoʻl (uz.wikipedia.org), 6-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
