Tosh Rabot

Peter Schepens https://www.flickr.com/photos/kpi/ · CC BY 2.0

Firespeaker · CC BY-SA 3.0

WikiTofu · CC BY-SA 3.0 de

Tosh Rabot („tosh mehmonxona“) yaxshi saqlanib qolgan 10- yoki 15-asrga oid tosh karvonsaroy boʻlib, Qirgʻizistonning Narin viloyatidagi Ot-Boshi tumanida, 3,200 metr (10,500 ft) balandlikda joylashgan.

Geografiyasi

Tosh Rabot shimol-janub yoʻnalishidagi asosiy avtomagistraldan biroz sharqda joylashgan. Janub tomonda Chatir-Koʻl koʻli va Torugart dovoni joylashgan. Shimol tomonda esa sanasi aniq boʻlmagan vayron qilingan qasr Qoshoy Qoʻrgʻon mavjud[manba kerak].

Tadqiqotlar

Tosh Rabot dastlab karvonsaroy sifatida qurilganmi yoki ibodatxona sifatida, degan masalada biroz bahs-munozaralar boʻlgan. 1888-yildayoq rus shifokori va sayyohi Nikolay Lvovich Zeland bu joy dastlab Sharqiy suryoniy yoki buddaviy monastir boʻlgan boʻlishi mumkinligini aytgan.

Qirgʻiziston Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan 1970-yillar oxiri va 1980-yillar boshida olib borilgan tadqiqotlar Tosh Rabot dastlab 10-asrda nasroniy monastiri sifatida qurilgan, degan xulosaga keldi, ammo qazishmalar vaqtida birorta ham xristian yodgorligi topilmagan.

Shuningdek, u soʻfiy xonaqoh sifatida ham oʻrganilgan.

Keyinchalik barcha bitiklar, topilmalar va yozma manbalar tabiati boʻyicha buddaviylik ibodatxonasi ekanligi aniqlangach, u buddaviy monastiri deb belgilandi. Bu xulosa uning qurilishi davrida bu yerda yashovchilar buddaviy boʻlganligi haqidagi maʼlumotlar bilan ham mustahkamlandi.

Arxitekturasi

Inshoot 31 xonadan iborat boʻlib, ular orasida markaziy zaldagi hujralar ham bor. Xonalar kvadrat shaklda boʻlib, tepasi yorugʻlik tushishi uchun ochiq teshikli gumbazlar bilan yopilgan; toʻrtburchak karkasdan gumbazga oʻtish parus yordamida amalga oshirilgan. Tosh Rabot toʻliq ravishda loyli ohak qorishmasida terilgan qoya toshlardan qurilgan boʻlib, boʻgʻinlar gips qorishmasi bilan mustahkamlangan. Eng chekka xonalardan birining polida quduqqa oʻxshash chuqur teshik ham mavjud[manba kerak].

Qisqa ma’lumot

Turi
archaeological site, karvonsaroy
Balandligi
3 105 m
Dengiz sathidan
3 500 m, 3 105 m

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.823056, 75.288889Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Tosh Rabot (uz.wikipedia.org), 13-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.