Chor Bakr madrasasi

Umid1108 · CC BY-SA 4.0

Faqscl · CC BY-SA 3.0

Umid1108 · CC BY-SA 4.0

Chor Bakr madrasasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur madrasa Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVI asrda Shayboniylar sulolasi vakili Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. Xonaqoh Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Madrasa Abdullaxon II tomonidan XVI asrda qurilgan boʻlib, Chor Bakr majmuasida bunyodkorlik ishlarini olib borilgan. Madrasa koʻp hujrali boʻlib, tashqi qismida namozgoh maydoni mavjud. Chor Bakr madrasasi Buxoroning oliy toifali madrasalaridan biri hisoblangan. Madrasa peshtoqi 3 qavatli boʻlgan va uch qavatda ham hujralar boʻlgan. Madrasa dahanasi uch ravoqqa boʻlingan. Tarixnavis Hofiz Tanish Buxoriy oʻzining „Abdullaxon“ asarida madrasa toʻgʻrisida maʼlumot keltirgan boʻlib, madrasa peshtoqida suradan oyat bitik keltirilganligi toʻgʻrisida yozib qoldirgan. Ammo ushbu bitiklar hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Madrasada 1950, 1971, 1999-yillarda taʼmirlash ishlari olib borilgan. 1999-yilgi taʼmirlashda ustalar madrasaning oldingi poydevoriga qarab qayta tikladilar. Madrasa obi gʻishtlardan bunyod etilgan. „Abdullanoma“ asarida madrada haqida shunday yozilgan: „Uning madrasasida mashhur olim va fozillardan biri muallimlik masnadida oʻltirib, zaruriy va diniy ilmlarni oʻqitardi hamda vaqflardan toʻla hissador edi. U joyda oʻquvchilar ham yaxshi maosh bilan taʼmirlanib, hamisha xotirjamlik bilan mutolaa qilinishiga kirishadilar“. Madrasa poydevorida va devorlarida boʻylar bilan qoplangan. Hujralarni qurishda asosan arki duzi usulidan foydalanishgan. Madrasada tahsil oluvchi talabalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida oʻchoq, sandal joyi va kitoblar uchun ravoqlar bunyod etilgan. Ikkinchi qavatda joylashgan hujralarda zinapoyalar orqali chiqiladi. Madrasa Oʻrta Osiyo uslubida qurilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Madrasa, architectural landmark
Tarkibiy qismi
Chor Bakr meʼmoriy majmuasi
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.774545, 64.333286Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Chor Bakr madrasasi (uz.wikipedia.org), 31-oktabr, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.