Masjid (Chor Bakr majmuasi)

Faqscl · CC BY-SA 3.0

Umid1108 · CC BY-SA 4.0

BeshevI · CC BY-SA 4.0

Chor Bakr masjidi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur masjid Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVI asrda Shayboniylar sulolasi vakili Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

Masjid XVI asrda Abdullaxon II tomonidan qurilgan boʻlib, Chor Bakr majmuasida bunyodkorlik ishlarini olib borilgan. Masjid gumbazli boʻlib, ikki qavatli hujralardan iborat. Masjid ichkari qismi arki duzi shaklida bunyod etilgan. Masjid madrasa va xonaqoh oʻrtasida joylashgan. Masjid peshtoqida kitoba bitik mavjud va unda Qur’oni Karimning „Al-isro“ surasining 1-4-oyatlari keltirilgan. Kitoba bitik yozuvlari suls xatida boʻlib, koshinkoriy va gʻishtkoriy uslubda bezatilgan. Masjiddagi bitik shunday yozilgan: „Olloh bir kecha oʻz bandasini unga oyat-moʻjizalarimizdan koʻrsatish uchun Masjid al-Haromdan biz atrofini barokotli qilib qoʻygan Masjid al-Aqsoga sayr qildirgan pok zotdir. Darhaqiqat, u eshituvchi va koʻrguvchi zotdir“. Chor Bakr masjidida Oʻzbekiston mustaqillikda erishgandan soʻng, taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Meʼmorchiligi

Chor Bakr masjidi Oʻrta Osiyo uslubida qurilgan. Masjid qurilishida pishgan gʻisht, ganch, yogʻoch va boshqa materiallardan foydalanilgan. Masjid peshtoqining balandligi 20-30 metrni tashkil etadi. Poydevori esa 12 metrdan iborat. Masjid poydevorida qamish qoʻyilgan boʻlib, qamishning balandligi 50 santimetrni tashkil etadi. Yodgorlik poydevoriga qamish qoʻyishdan asosiy maqsad nam va zaxdan binoni nurab qolishini oldini olish hisoblanadi. Bino ichkarisida mehrob boʻlib, turli naqshlar bilan bezatilgan. Chor Bakr masjidi eshiklari Buxoroning qayragʻoch daraxti yoʻgʻochidan tayyorlangan. Buxoroning qayragʻoch daraxti yogʻochi mustahkam boʻlgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, architectural landmark
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.774332, 64.333476Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Chor Bakr masjidi (uz.wikipedia.org), 6-mart, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.