Defterdar Mustafo posho masjidi

Tarih · CC0

Tarih · CC0

Sadrettin · CC BY-SA 4.0

Defterdar Mustafo posho masjidi (turkcha: Defterdar Mustafa Paşa Camii) – Turkiyaning Adirna viloyati markazida joylashgan masjid. Defterdar Mustafo posho topshirigʻiga binoan XVI asrning ikkinchi yarmida Xoʻja Sinon tomonidan qurilgan.

Defterdar Mustafo posho masjidi sulton Sulaymon I va Salim II hukmronligi davrida Defterdar boʻlib xizmat qilgan Mustafo posho buyrugʻiga koʻra Xoʻja Sinon tomonidan bunyod etilgan. Adirna viloyati markazidagi Sabuni mahallasida joylashgan masjidning kirish eshiklari Tekke Bayiri va Tunahan Sheker koʻchalarida joylashgan. Masjid nomi manbalarda Defterdar masjidi, Defterdar Mustafo Chelebiy masjidi, Defterdar qora Mustafo posho masjidi sifatida ham tilga olinadi. 1751-yilda sodir boʻlgan zilzila oqibatida masjidning gumbazi qulab tushgan va Hoji Rushen afandining saʼy-harakatlari bilan masjidning ustki qismi yogʻoch tom bilan qoplanib, namozxonlar uchun qayta ochilgan. Binoni taʼmirlash vaqtida masjid hovlisida madrasa ham barpo etilgan.

Vaqflar Bosh boshqarmasi tomonidan 1953 va 1962-yillarda amalga oshirilgan restavratsiya ishlari natijasida masjidning gumbazi, oxirgi jamoat joyi, eshigi va derazalari asl holatiga mos ravishda yangilangan. Masjidning oxirgi restavratsiya ishlari 2020-yilda boshlangan. Qayta tiklash ishlari ikki yil davom etgan va 2022-yilning 21-aprelida foydalanishga topshirilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.672646, 26.561563Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Defterdar Mustafo posho masjidi (uz.wikipedia.org), 24-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.