Sitti Shoh Sulton masjidi
Sitti Shoh Sulton masjidi (yoki qisqacha Sulton masjidi) — Turkiyaning Adirna shahrida joylashgan masjid boʻlib, 1482-yilda Yildirim Boyazid tomonidan Sulton Mehmed II Fotihning xotinlaridan biri bo‘lgan Sitti Xotun sharafiga bunyod etilgan.
1873-yilda Sitti Shoh Sulton masjidi harbiylar tomonidan porox ombori sifatida foydalanilgan, buning natijasida uning devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgan. 1910-yildagi zilzila vaqtida masjidning minorasi jiddiy zarar ko‘rgan.
1980–1990-yillarda ta’mirdan o‘tkazilgan masjid 2003-yil 4-iyuldagi va 7697-sonli qaror bilan Madaniy merosni muhofaza qilish kengashi ro‘yxatiga kiritilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1482-yil
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sitti Shoh Sulton masjidi (uz.wikipedia.org), 5-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.



.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
