Ese Kapi masjidi

Cplakidas · CC BY-SA 3.0

Paspatēs, Alexandros Geōrgiou, 1814-1891. [from old catalog] · Public domain

EmircanÇapkan · CC BY-SA 4.0

Ese Kapi masjidi (turkcha: Ese Kapı Mescidi), shuningdek, Iso Kapi masjidi deb ataladi, Turkiyaning Istanbul shahridagi Usmoniylar masjidi. Bino dastlab Vizantiya sharqiy pravoslav cherkovi boʻlgan.

Joylashuvi

Masjid Istanbulning Fotih tumanidagi Davutpaşa mahallasida, Vizantiya imperiyasiga tegishli boshqa bir bino Sancaktar Hayrettin masjididan taxminan 500 metr sharq-shimoli-sharqda joylashgan. Hozirda Cerrahpaşa universiteti kasalxonasi majmuasi ichida joylashgan.

Vizantiya davri

Ushbu Vizantiya binosining qachon va kim tomonidan qurilganligi maʼlum emas. Bino Konstantinopolning yettinchi tepaligi janubiy yonbagʻridagi Dalmatou mahallasida, Marmar dengiziga qaragan holda joylashgan. Cherkov XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida Paleologlar davrida qurilgan deb taxmin qilinadi.

Usmoniylar va zamonaviy davr

1453-yilda Konstantinopol Usmoniylar qoʻliga oʻtgach, 1509-yilda bino zilzila natijasida vayron boʻlgan. 1551–1560-yillarda vazir Hadim Ibrohim posho (vafoti: 1562–1563) cherkovni kichik masjidga aylantirgan. Shu bilan birga saroy meʼmori Xoʻja Sinonga mavjud majmuani kengaytirishni buyurgan. Sinon qadimgi cherkovga ulab, madrasa va darsxona (boshlangʻich maktab) qurgan. XVII asr davomida majmua bir necha marta zilzilalar natijasida vayron boʻlgan va 1648-yilda qayta tiklangan. 1741-yilda Ahmad ogʻa majmua hududida kichik favvora qurilishiga homiylik qilgan. 1894-yilda Istanbulda sodir boʻlgan zilzila binoni vayron qilgan, faqat ikkita devor zilzilaga bardosh bergan, shundan keyin bino tashlab qoʻyilgan. Vayronalar hozirda Istanbul universitetining tibbiyot fakulteti joylashgan Cerrahpaşa kasalxonasi bogʻida joylashgan. Soʻnggi yillarda bino oʻrganilgan va asl shakliga koʻra rekonstruksiya qilingan. Hozirgi kunda masjid yana qayta oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Meʼmorchiligi

Masjid toʻrtburchak rejaga ega, tomonlarining uzunligi boʻyiga 17,0 m, eniga 6,80 m.

Hovlining ikki tomonini madrasa egallagan boʻlib, madrasada talabalar uchun oʻn bitta xona ajratilgan. Hovliga kirish qismi kichik sevil bilan bezatilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Me’moriy uslub
Byzantine architecture, Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.004820, 28.936759Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Ese Kapi masjidi (uz.wikipedia.org), 12-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.