Hekimogʻlu Ali posho masjidi

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Szoszv · CC BY-SA 3.0

R Prazeres · CC BY-SA 4.0

Hekimogʻlu Ali posho masjidi (turkcha: Hekimoğlu Ali Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumanidagi masjid. 1730-yillardan 1750-yillargacha bir necha marta sadr vaziri boʻlib xizmat qilgan Hekimogʻlu Ali posho buyrugʻiga binoan qurdirilgan. Qurilish ishlari 1734–1735-yillarda nihoyasiga yetkazilgan. Masjid kattaroq külliyening bir qismi hisoblanadi va u yerda masjid asoschisi Hekimogʻlu Ali poshoning qabri ham joylashgan. Bino meʼmorlari Chuhadar Umar ogʻa va Hoji Mustafo ogʻa boʻlgan.

Meʼmorchiligi

Masjid majmuasi Usmoniylar meʼmorchiligida oʻtish davrida bunyod qilingan. Masjid klassik Usmoniylar meʼmorchiligining soʻnggi yirik yodgorligi boʻlib, 1740-yillarda Usmonli barokko uslubining yuksalishidan oldinroq, Lola davri bosqichining tugashini belgilab bergan. Shu sababli bino XVI asrda klassik uslubda qurilgan masjidlar kabi qurilgan va oʻsha davrdagi yangi yoʻnalishlarning baʼzi elementlarini oʻzida namoyon etadi. Bino klassik uslubda qurilgan soʻnggi masjid hisoblanadi. Binoning markaziy gumbazi masjid atrofida oltiburchak shaklda joylashgan olti asosiy ustunga tayanadi.

Masjid xonaqoh, türbe (maqbara), shodirvon, kutubxona, sevil va maktabxonadan iborat külliye majmuasining bir qismini tashkil qiladi. Ushbu inshoot Usmoniylar meʼmorchiligining Lola davri bosqichiga oid soʻnggi yirik yodgorlik hamda klassik Usmoniylar uslubining soʻnggi namunasi hisoblanadi. Masjid yaqin oʻrtada joylashgan Cerrah posho masjidiga (XVI asr oxiri) juda oʻxshaydi. Majmuaning asosiy darvozasi tepasida kutubxona joylashgan boʻlib, avvalgi davrlarda bunday gʻayrioddiy qurilish usulidan foydalanilmagan. Bundan tashqari, bino joylashgan koʻchaning burchagida, masjid asoschisining qabri yonida turli bezaklar bilan ishlov berilgan sevil joylashgan.

Masjidning markaziy gumbazini oltita ustun koʻtarib turadi. Ushbu ustunlar oltiburchak shaklda joylashtirilgan boʻlib, ularning orasidagi boʻshliqlar yarim gumbazlar bilan toʻldirilgan. Masjidning ichki qismi yorugʻ boʻlib, Tekfursaray pechida tayyorlangan koshinlar bilan bezatilgan. Masjiddagi koshinlarning bir guruhi al-Masjid al-Harom masjidining tasviri bilan bezatilgan boʻlib, bu narsa oʻsha davrda keng tarqalgan dekorativ uslublardan biri hisoblangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, historic building
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.006158, 28.934972Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hekimogʻlu Ali posho masjidi (uz.wikipedia.org), 5-aprel, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.