Eski Imaret masjidi

A. Fabbretti · CC BY-SA 3.0

Muscol · CC BY-SA 3.0

Paspatēs, Alexandros Geōrgiou, 1814-1891. [from old catalog] · Public domain

Eski Imaret masjidi (turkcha: Eski Imaret Camii) – Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan sobiq Vizantiya imperiyasi cherkovi. Cherkov Iso Masih Pantepoptes monastiriga tegishli ekanligi aniqlangan boʻlib (yunoncha: Μονή του Χριστού Παντεπόπτη), „Hamma narsani koʻruvchi Masih“ degan maʼnoni anglatadi. Ushbu bino Istanbuldagi XI asrda saqlanib qolgan yagona hujjatlashtirilgan cherkov hisoblanadi. Biroq bino oʻrta asrlar Vizantiya meʼmorchiligining asosiy yodgorligi hisoblanishiga qaramay, shahardagi eng kam oʻrganilgan inshootlardan biri boʻlib qolmoqda.

Manzili

Eski Imaret masjidi Istanbul shahri, Fotih tumani, eski devor bilan oʻralgan shahar ichidagi eng qashshoq hududlardan biri boʻlgan Zeyrek mahallasidan deyarli 1 kilometr shimoli-gʻarbda joylashgan.

Tarixi

1087-yillarda, Vizantiya imperatori Alexius I Comnenusning onasi Anna Dalassena Konstantinopolning yetti tepaligining toʻrtinchi choʻqqisida Christos Pantepoptesga bagʻishlab monastir qurdirgan va oʻzi umrining oxirida imperatorlik odatiga koʻra nafaqaga chiqqan. Monastirda, shuningdek, Pantepopteslarga bagʻishlangan cherkov ham mavjud boʻlgan.

1204-yil 12-aprelda Konstantinopolning fathi davomida imperator Alexios V Doukas Mourtzouphlos monastir yaqinida oʻz qarorgohini oʻrnatgan. Shu sabali ham Enriko Dandolo shaharga hujum qilishdan oldin qoʻmondonligi ostidagi Doge Venetsiya flotini Evergetes monastiri va Blaxernadagi Avliyo Maryam cherkovi oʻrtasiga joylashtirgan. Keyinchalik bino salibchilar tomonidan vayron qilingan va Rimdagi San Giorgio Maggiore shahridan tashrif buyurgan Benedictine rohiblariga topshirilgan. Konstantinopolning lotinlar tomonidan bosib olinishi davrida (1204–1261) bino Rim-katolik cherkoviga aylantirilgan.

1453-yilda Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni bosib olgandan soʻng, cherkov masjidga aylantirilgan, monastir binolaridan esa zaviye, madrasa va oʻsha paytda qurilayotgan Fotih masjidi uchun imorat sifatida foydalanilgan.

Majmua yongʻinlar natijasida bir necha marta vayron boʻlgan, monastirning soʻnggi izlari esa taxminan bir asr oldin yoʻqolib ketgan. 1970-yilgacha binodan madrasa sifatida foydalanilgan, buning natijasida binoni arxitekturaviy jihatdan oʻrganish imkonsiz boʻlgan. 1970-yilda masjid qisman yopilgan va turk arxitektori Fikret Çuhadaroğlu tomonidan qayta tiklangan.

Arxitekturasi

Bino Oltin shox hududiga qaraydigan qiyalikda joylashgan boʻlib, har tomondan oʻralgan, bu esa binoning tashqi koʻrinishini oʻrganishni qiyinlashtiradi. Masjid devori gʻisht va toshdan qurilgan. Masjid Konstantinopolda joylashgan eng qadimgi bino boʻlib, unda Vizantiya imperiyasi meʼmorchiligiga xos boʻlgan uslublarni kuzatish mumkin.

Masjid xochli markaziy gumbaz va toʻrt qubbadan iborat.

Ushbu binoning oʻziga xos xususiyati U shaklida qurilgan galereyasi hisoblanadi. Galereya imperatorning onasiga atab, faqatgina uning shaxsan oʻzi foydalanishi uchun qurilgan boʻlishi mumkin.

Istanbuldagi koʻplab Vizantiya meʼmorchiligi uslubida qurilgan cherkovlarida boʻlgani kabi, Eski Imaret masjidida ham oʻtish joyiga suyab turish maqsadida toʻrtta ustun qoʻyilgan.

Usmonlilar imperiyasi davrida dubulgʻaga oʻxshash shaklga ega boʻlgan gumbaz 1970-yilda restavratsiya qilingan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, cherkov
Qurilgan
XI asr
Me’moriy uslub
Byzantine architecture, Ottoman architecture
Material
Gʻisht
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.021667, 28.955000Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Eski Imaret masjidi (uz.wikipedia.org), 6-iyul, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.