Shayx Sulaymon masjidi

Zeynep Sıla Şimşek · CC BY-SA 4.0

Karakalem · CC BY-SA 4.0

Paspatēs, Alexandros Geōrgiou, 1814-1891. [from old catalog] · Public domain

Shayx Sulaymon masjidi (turkcha: Şeyh Süleyman Mescidi; bu yerda mescit soʻzi turkchada kichik masjid degan maʼnoni anglatadi) – Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan masjid, Zeyrek masjidi tarkibiga kiruvchi sobiq Vizantiya binosidan masjidga aylantirilgan. Ushbu kichik bino Konstantinopoldagi Vizantiya oʻrta davri arxitekturasining kichik namunasi hisoblanadi.

Manzili

Shayx Sulaymon masjidi Fotih tumani, Zeyrek mahallasida sobiq Pantokrator cherkovidan taxminan 120 metr janubi-gʻarbda joylashgan. Bugungi kunda bino Zeyrek masjidining bir qismi hisoblanadi.

Tarixi

Ushbu kichik sakkiz burchakli binoning 1453-yilgacha boʻlgan tarixi haqida hech qanday maʼlumot mavjud emas. Bino taxminan 1118–1124-yillarda Vizantiya imperatori Irene Komnene tomonidan qurilgan Masih Pantokrator monastirining bir qismi boʻlgan. Baʼzi olimlarning fikriga koʻra, bino dastlab qabriston boʻlgan boʻlishi mumkin, yana boshqa olimlar esa binoni monastir kutubxonasi deb hisoblashadi.

1453-yilda Konstantinopol fathidan koʻp oʻtmay, Mehmed II davrida bino shayh Sulaymon Halîfe (?–1491) tomonidan masjidga aylantirilgan. 1756-yilgi katta yongʻindan soʻng bino Sulton Mustafo III davrida (1757–1774) Kazgan Asan ogʻa tomonidan qayta tiklangan va uning boshqaruvi yaqin atrofdagi madrasaga topshirilgan.

Tavsifi

Bino kvadrat rejaga ega boʻlib, tepa qismida bagʻalli past, sakkiz burchakli gumbaz joylashgan. Binoga yaqin joyda Vizantiya sardobasi saqlanib qolgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1124-yil
Me’moriy uslub
Byzantine architecture
Material
Gʻisht
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.019200, 28.955400Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Shayx Sulaymon masjidi (uz.wikipedia.org), 7-avgust, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.