Eşrefoğlu masjidi

Basak · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Fabienkhan retouched by Ewan ar Born · CC BY-SA 2.5

Eşrefoğlu masjidi (turkcha: Eşrefoğlu Camii) – Turkiyaning Konya viloyati, Beyshehir shahridagi XIII asrga oid masjid. Beyshehir koʻlidan 100 metr (330 ft) shimolda joylashgan.

Tarixi

Koʻniya sultonligi hukmronligining oxirgi yillarida Saljuqiylarning turli hokimlari qisman mustaqillikka erishgan. Ular Onadoʻli beyliklari deb nomlangan oʻzlarining yarim mustaqil beyliklarini tuzgan. Eshrefiylar (1280–1326) Gʻarbiy Onadoʻlining markazida joylashgan kichik beylik boʻlgan. 1288-yildan keyin Eshrefiylarning ikkinchi beyi Sulaymon bey Beyshehirni oʻz beyligining poytaxti sifatida qayta qurgan. Uning beyligi nisbatan ahamiyatsiz siyosiy kuch boʻlsa-da, shahar Saljuqiylar dunyosining madaniy markazlaridan biri sifatida gullab-yashnagan. 1296-yilda Beyshehirda Onadoʻli beyliklari davridagi eng katta masjidlardan biri boʻlgan masjidni foydalanishga topshirgan. Sulaymon bey 1302-yilda vafot etgan va masjid yoniga dafn etilgan.

Arxitekturasi

Masjid rejasining shakli toʻrtburchak, oʻchamlari 31,8 x 46,55 metr (104,3 x 152,7 fut). Biroq shimoli-sharqiy burchak asosiy portal uchun joy ajratish maqsadida kengaytirilgan. Portal oʻlchamlari 7,1 x 10,1 metr (23 x 33 fut). Masjidda ikkita kichikroq darvoza va 35 ta deraza mavjud. Masjid tomini 42 ta yogʻoch ustun koʻtarib, mustahkamlab turadi, har bir ustunning uzunligi 7,5 metr (24,6 fut), diametri 40 sm (16 dyuym)ni tashkil qiladi.

Oradan yetti asr oʻtgan boʻlishiga qaramay, boshqa koʻpgina saljuqiy yogʻoch binolaridan farqli oʻlaroq, ushbu masjid bugungi kunga qadar saqlanib qolgan va muntazam foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatadi. Yogʻoch ustunlar sadr daraxtidan yasalgan, ogʻizdan-oʻgizga oʻtib kelgan maʼlumotlarga koʻra, daraxt yogʻochi Beyshehir koʻlida olti oy davomida namlangan. Masjid markazida qor toʻplanadigan chuqur joylashgan. Ushbu joy yaqin vaqtlargacha (1940-yillar) chuqur shu yaqin atrofdagi togʻlardan keltirilgan qor bilan toʻldirilgan. Bu qor yoz faslida masjidni salqinlantirib, binoning yogʻoch tuzilmasini zarur namlik bilan taʼminlagan.

UNECOning Jahon merosi roʻyxati

2011-yil 15-aprelda masjid Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan va shundy bayon berilgan: „Eşrefoğlu masjidi ilk Onadoʻli turk meʼmorchiligining barcha asosiy elementlarini oʻz ichiga oladi. Bino Islom olamidagi eng katta, eng yaxshi saqlanib qolgan yogʻoch ustunli va tomli masjiddir“.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1299-yil
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi, Ottoman architecture
Tarkibiy qismi
Wooden Hypostyle Mosques of Medieval Anatolia
Joylashgan hudud
Markaziy Anadolu mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.683200, 31.719700Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Eşrefoğlu masjidi (uz.wikipedia.org), 20-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.