Juma masjidi (Qabala)

Ludvig14 · CC BY-SA 4.0

GNA 601 · CC BY-SA 3.0

Ludvig14 · CC BY-SA 4.0

Juma masjidi (ozarbayjoncha: Qəbələ Cümə Məscidi; arabcha: مسجد الجمعة (قابالا)‎‎) – Ozarbayjonning Qabala shahrida joylashgan XIX–XX asrlarga oid masjid va tarixiy yodgorlik.

Masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Dastlabki yillar

Juma masjidining qurilish ishlari 1898-yilda boshlangan. Masjid qurilishi mahalliy aholi yordami va Shaki mintaqasidan boʻlgan usta Salmon rahbarligida amalga oshirilgan.

Sovet istilosi davri

Ozarbayjonda Sovet istilosidan soʻng 1928-yildan boshlab dinga qarshi rasmiy harakat boshlandi. Shu yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik Partiyasi Markaziy qoʻmitasi koʻplab masjid, cherkov va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlar uchun klublar ixtiyoriga topshirgan. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda soni 1700, 1928-yilda 1369, 1933-yilda esa atigi 17 tani tashkil qilgan.

Ushbu davrda Qabala Juma masjidi ibodat uchun yopilgan, barcha mulki musodara qilingan, diniy hamda ilmiy kitoblar yoqib yuborilgan. Maʼlum vaqt davomida masjidda sud majlislari oʻtkazilgan, keyinchalik esa klub sifatida foydalanilgan.

Mustaqillikdan keyin

Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, masjid 2001-yil 2-avgustda Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega tarixiy yodgorlik sifatida tasdiqlangan.

2004-yilda masjid binosi boʻshatilib, u yerda keng koʻlamli taʼmirlash ishlari olib borilgan. 2005-yilda ibodat uchun dindorlar ixtiyoriga topshirilgan. Masjidda roʻyxatdan oʻtgan diniy jamoa faoliyat yuritadi.

Meʼmorchiligi

Masjid qurilishida pishiq gʻisht, daryo toshlari va oʻrmon yogʻochidan foydalanilgan. Masjidning ichki qismi va tom qoplamasi uchun yogʻoch materiallar mashhur filantrop Hoji Zeynalabdin Tagʻiyev tomonidan yuborilgan. Qabaladan boʻlgan filantrop Hoji Mahammad ham masjid qurilishi uchun zarur mablagʻni yigishda yordam bergan. Kavkazorti diniy boshqarmasi ham qurilish ishlariga hissa qoʻshgan. Masjidning ichki oʻlchamlari 42 x 20 metrni tashkil qiladi. Masjidning gumbazi mavjud emas, minorasi pishiq gʻishtdan qurilgan. Ushbu masjid 1906-yilda aholiga xizmat koʻrsatish uchun ochilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1899-yil
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.979444, 47.850000Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Juma masjidi (Qabala) (uz.wikipedia.org), 15-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.