Gödək minorali masjid

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Interfase · CC BY-SA 4.0

Interfase · CC BY-SA 4.0

Gödək minorali masjid (ozarbayjoncha: Gödək Minarə Məscid) – Ozarbayjonning Shaki shahrida joylashgan minorali masjid, tarixiy meʼmoriy yodgorlik. Yuxarı Baş davlat tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxonasi hududida joylashgan.

XIX asrga oid ushbu masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 132-sonli qarorga asosan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan. 2019-yil 7-iyulda UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Tavsifi

Gödək minorali masjid Shaki shahrining Sarı Toprak mahallasida joylashgan. Yuxarı Baş davlat tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxonasi tarkibiga kiruvchi ushbu masjidning kirish eshigi tepasidagi yozuvga koʻra, Hoji Abdurahmonbey va Hoji Sadriddinbey tomonidan hijriy 1226-yilda bunyod etilgan.

Masjid tosh va gʻishtdan qurilgan boʻlib, ikki xona va yoʻlakdan iborat. Masjidning shift qismi panjarasimon uslubda ishlangan. 2021–2022-yillarda taʼmirlangan Shaki xonlari masjidining shifti saqlanib qolmagan, uning surati ham mavjud boʻlmaganligi sababli restavratorlar Gödək minorali masjid hamda Shaki xonlari saroyi shiftidagi panjara naqshlari asosida yangi shift yasashgan.

Masjidning minorasi ham bor, biroq minoraning ichki zinapoyalari qulab tushgani sababli unga chiqishning imkoni yoʻq.

Hovlida 3 ta qabr mavjud. Rivoyatlarga koʻra, ulardan biri hijriy 1254-yilda vafot etgan Hoji Sadriddin beyga tegishli.

Sovet istilosi davrida

Sovet istilosidan soʻng 1928-yildan boshlab dinga qarshi rasman kurash eʼlon qilindi. Oʻsha yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi koʻplab masjid, cherkov va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda foydalanish uchun klublar ixtiyoriga topshirdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda ularning soni 1700, 1933-yilda esa atigi 17 tani tashkil qilgan.

Istilodan soʻng masjid binosiga bolalar bogʻchasi joylashtirilgan.

Mustaqillikdan keyin

Masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi.

2001-yildan buyon Shaki shahrining tarixiy qismi UNESCO Jahon merosi roʻyxatiga nomzod sifatida koʻrib chiqilgan. 2019-yil 7-iyulda „Shakining tarixiy markazi va Xon saroyi“ UNESCO Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Ushbu qaror Boku Kongress markazida boʻlib oʻtgan UNESCO Jahon merosi qoʻmitasining 43-sessiyasida qabul qilingan. Shakining tarixiy markazida joylashgan Gödək minorali masjidi ham Jahon merosi obyekti hisoblanadi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1811-yil
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.203700, 47.188500Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Gödək minorali masjid (uz.wikipedia.org), 15-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.