Shaki Xonlar masjidi

Interfase · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Press Service of the President of the Republic of Azerbaijan · CC BY 4.0

Shaki Xon masjidi (ozarbayjoncha: Şəki xan məscidi), avval Birinchi Xon masjidi (ozarbayjoncha: Birinci xan məscidi) – Ozarbayjonning Shaki shahrida joylashgan masjid. XVIII asrda qurilgan.

Tarixi

Shaki shahri Muhammad Husayn Xon davrida birmuncha ravnaq topdi. Xalqning turmushi yaxshilandi, masjidlar, qal’a devori bunyod etildi. Muhammad Husayn Xon davridagi eng yaxshi meʼmoriy yutuqlardan biri 1769—1970- yillarda Bozorboshi kvartalidagi bozor maydoni yaqinida qurilgan Xon masjididir.

Masjid qurilishida daryo toshi, pishiq gʻisht, ohak, keramit kabi qurilish materiallaridan foydalanilgan. Masjidning umumiy majmuasiga kiritilgan minora masjidning meʼmoriy qiyofasini yanada goʻzal qiladi. Masjid yonida qabr toshlari maxsus naqsh va bezaklar bilan bezatilgan qabriston mavjud. Bu yerda Shaki xonlari, ularning oila aʼzolari va qarindoshlari dafn etilgan, shuning uchun qabriston „xonlar qabristoni“ deb ataladi.

Sovet davrida masjiddan dastlab omborxona, 1978—1994-yillarda esa „Ziyolilar uyi“ sifatida foydalanilgan. 1994-yilda mahalliy aholi masjidni taʼmirlab, qayta qurgan. Hozirda Xon masjidi, shuningdek, qabriston va masjid oldidagi minora davlat muhofazasida. 2018-yilgacha masjid sifatida foydalanilib kelingan, keyin esa muzeyga aylantirilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1769-yil
Me’moriy uslub
Shirvan-Absheron architectural school
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.202528, 47.191722Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Shaki Xonlar masjidi (uz.wikipedia.org), 30-oktabr, 2023 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.