Gül masjidi

Klcemirhan · CC BY-SA 4.0

Sadrettin · CC BY-SA 4.0

Paspatēs, Alexandros Geōrgiou, 1814-1891. [from old catalog] · Public domain

Gül masjidi (turkcha: Gül Camii; inglizcha: Rose Mosque) Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan sobiq Vizantiya imperiyasi cherkovi boʻlib, Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan.

Gül masjidi Istanbulning Fotih tumani, Vakıf Mektebi Sokak, Ayakapi mahallasida joylashgan. Bino Konstantinopolning toʻrtinchi va beshinchi tepaliklarini ajratib turuvchi vodiy oxirida joylashgan boʻlib, uning maftunkor old qismi Oltin Shox tomonga qarab qurilgan.

Identifikatsiya qilish muammosi

Gül masjidi Konstantinopolda joylashgan Vizantiya imperiyasi davrida bunyod etilgan eng muhim inshootlardan biri boʻlsa-da, uning kimga atab va qachon qurilganligi olimlar tomonidan hanuzgacha bahs-munozaralarga sabab boʻlib kelmoqda. Gül masjidining Avliyo Theodosia monastiri (yunoncha: Μονή τής Άγιας Θεοδοσίας εν τοις Δεξιοκράτους, Monē tis Hagias Theodosias en tois Dexiokratous) yoki Christ the Benefactor monastiriga (yunoncha: Μονή του Χριστού του Ευεργέτου, Monē tou Christou tou Euergetou) tegishli boʻlishi mumkin degan taxminlar mavjud.

XV asrning oxirida Stephan Gerlach cherkovga tashrif buyurganidan soʻng, bino har doim Hagia Theodosia en tois Dexiokratous cherkovi sifatida koʻrila boshlangan. Biroq oʻtgan asrning boshida Jules Pargoire yodgorlikning Vasiliy I Maqduniy (867-886) davrida qurilgan Hagia Euphēmia en tō Petriō cherkovi ekanligini aniqlagan va nima uchun bunday deya hisoblashiga bir qancha izohlar keltirib oʻtgan. 1960-yillarda cherkov yertoʻlasining aniq qurilgan sanasini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlardan soʻng, nemis arxeologi Hartmut Schäfer inshootni Xristos Euergetēs monastiri cherkovi sifatida XI asr oxiri va XII asrning birinchi yarmi oraligʻida qurilgan deb topgan. U, shuningdek, Gül masjidini ikonoklazm davrining oxirida Aya Theodosia jasadi olib kelingan bino ekanligi haqidagi fikrni ham rad etgan. Biroq boshqa tomondan arxeolog binoning keyingi davrlarda Aya theodosiaga bagʻishlangan boʻlishi mumkinligini istisno qilmagan.

Vizantiya imperiyasi davri

729-yil 19-yanvarda mamlakatda ikonoklastik taʼqiblar kuchayish boshlangan bir davrda imperator Lev III Isavr Buyuk Konstantinopol saroyining asosiy darvozasi boʻlgan Chalkē ustida osilib turuvchi Iso Masihning suratini olib tashlashni buyurgan. Ofitserlardan biri ushbu buyruqni bajarayotganda, uning oldini olish maqsadida bir guruh ayollar toʻplanishgan, ular ichida Theodosia ismli rohiba ofitserning zinapoyadan yiqilib tushishiga sabab boʻlgan. Voqea natijasida ofitser halok boʻlgan, Theodosia ismli rohiba ayol esa qoʻlga olinib, qatl etilgan.

Ikonoklazm davri tugagandan soʻng, qatl etilgan rohiba ayol shahid va avliyo sifatida tan olingan, uning jasadi Dexiokratiana kvartalidagi Hagia Euphemia en tō Petriō cherkovida saqlangan hamda unga sajda qilingan. Cherkov va unga tutash monastir esa IX asr oxirida imperator Vasiliy I Maqduniy tomonidan qurilgan. Monastirda uning toʻrtta qizi ham boʻlib, ularning hammasi vafotidan keyin aynan shu cherkovga dafn etilgan. Aya Euphemia Iso Masih Euergetēs monastiri yaqinida joylashgan boʻlib, uning ham tashkil etilgan sanasi nomaʼlum. 1176-yilda Myriokephalon jangida halok boʻlgan Andronikos I Komnenosning oʻgʻli va imperatorning ukasi John Komnenos tomonidan qayta tiklangan. 1204-yil 12-aprelda toʻrtinchi salib yurishi paytida Lotin floti shaharga hujum qilishidan oldin Chistos Euergetes monastiri oldida toʻplangan. Cherkovda saqlanadigan koʻplab muqaddas yodgorliklar salibchilar tomonidan talon-taroj qilingan, baʼzilari bugungi kunda Gʻarbiy Yevropadagi cherkovlarda saqlanadi.

Vaqt oʻtishi bilan Avliyo Theodosiaga sigʻinish kuchayib borgan, XI asrdan keyin cherkov nomi uning sharafiga oʻzgartirilgan. Aya Euphemianing dastlabki bayrami 30-mayda, boshqa bir Aya Theodosia bayrami esa (Surdagi Aya Theodosia) 29-may kuni boʻlgani sababli, 29-may Hagia Theodosia hē Konstantinoupolitissa („Avliyo Teodosiya“) bayrami sifatida qabul qilingan.

Aya Theodosia Konstantinopoldagi eng hurmatga sazovor avliyolardan biriga aylangan, ayniqsa, nogironlar tomonidan kuchli hurmat qilingan. 1306-yilda kar va soqov insoning moʻjizaviy tarzda tuzalib ketganidan keyin uning shuhrati yanada ortib ketgan. Bino garchi baʼzida shu yaqin oʻrtada joylashgan Christ Euergetēs cherkovi bilan adashtirib yuborilsa ham, XIV—XV asrning boshlarida shaharga tashrif buyurgan rus ziyoratchilari tomonidan tez-tez esga olingan. Oʻsha vaqtda haftada ikki marotaba ziyoratchilar cherkovga tashrif buyurishlari va kasallarning shifo topishi uchun ibodat qilishlari mumkin boʻlgan.

Cherkovga oxirgi marta 1453-yil 28-mayda tashrif buyurilgan boʻlib, avliyo bayrami va Konstantinopolning fathi arafasi boʻlgan oʻsha kuni imperator Constantine XI Patriarch bilan birga atirgul gulchambarlari bilan bezatilgan cherkovga ibodat qilish uchun borgan. Shundan soʻng, imperator Constantine shahar Usmonlilar qoʻliga oʻtishidan oldin oxirgi jangga joʻnagan. Oʻsha payta koʻplab odamlar tun boʻyi cherkovda qolib, shaharning qutqarilishi uchun ibodat qilishgan. Shaharga bostirib kirishga muvaffaq boʻlgan Usmonli imperiyasi qoʻshinlari cherkov hali ham gullar bilan bezatilganligini koʻrish uchun bu yerga yetib kelishgan va cherkov ichkarisida ibodat qilayotgan barchani harbiy asir sifatida qoʻlga olishgan. Cherkovda mavjud yodgorliklar tashlab yuborilgan, avliyoning jasadi esa itlarga yem qilingan.

Usmonlilar imperiyasi davri

Usmonlilar istilosidan keyin cherkovning yertoʻlasi vayronaga aylantirilgan va undan dengiz floti sifatida foydalanilgan. Binoga yaqin joyda Shayx ul-islom Molla Husrev Mehmet afandi (vafoti: 1480) vaqf, kichik masjid (Küçük Mustafa Paşa Mescidi) va hammom (Küçük Mustafa Paşa Hamamı) qurdirgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, cherkov
Me’moriy uslub
Byzantine architecture
Material
Gʻisht
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.026825, 28.956180Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Gül masjidi (uz.wikipedia.org), 5-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.