Yovuz Salim masjidi
Yovuz Salim masjidi, shuningdek, Salim I masjidi yoki Yovuz Sulton Salim masjidi (turkcha: Yavuz Selim Camii) – XVI asrga oid Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahri 5-tepaligida, Çukurbostan (talaffuzi: Chuqurboʻston) mahallasida, Oltin shox tomonga qaragan holda bunyod etilgan. Masjid kattaligi va geografik joylashuvi jihatidan Istanbuldagi eng diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi.
Tarixi
Yovuz Salim masjidi Istanbuldagi ikkinchi eng qadimgi Usmonli masjididir. Bino meʼmor Alouddin (Acem Alisi) tomonidan Usmonli sultonlaridan biri Sulaymon I topshirigʻiga koʻra 1520-yilda vafot etgan Salim I xotirasiga bagʻishlab qurilgan. Inshoot 1527–1528-yillarda qurib bitkazilgan. Masjid qurilishida Xoʻja Sinonning meʼmorchilik uslublaridan foydalanishga urinilgan degan taxminlar mavjud, ammo ushbu maʼlumotni tasdiqlovchi manbalar mavjud emas. Biroq masjid bogʻidagi maqbaralardan biri aynan meʼmor Xoʻja Sinonning loyihasi hisoblanadi.
Tashqi koʻrinishi
Masjid Konstantinopoldagi uchta Rim suv omborlarining eng kattasi boʻlgan Aspar sardoniga qarovchi terassada bunyod etilgan. Katta hovlida (avlu) har xil turdagi marmar va granitdan ishlangan ustunli ayvon mavjud. Masjidda, shuningdek, turli bezaklar bilan ishlov berilgan rangli, koshinli panellar ham mavjud boʻlib, ular Usmonli saroyida ishlaydigan bir guruh eronlik hunarmandlar tomonidan ishlangan. Masjidning yon tomonida esa egizak minoralar mavjud.
Ichki koʻrinishi
Masjidning ichki qismi tomonlari 24.5 metr (80 ft) boʻlgan oddiy kvadrat shaklidagi xonalardan iborat boʻlib, balandligi 32.5 metr (107 ft)ni tashkil qiladi, yuqori qismi gumbaz bilan qoplangan. Asosiy xonaning shimoliy va janubiy qismlarida joylashgan gumbazli yoʻlaklar toʻrtta kichik gumbazli xonalarga olib boradi, ular sayohatchi darvishlar uchun hospis sifatida xizmat qilishi kerak boʻlgan.
Qabrlar
Masjid orqasidagi bogʻda, Oltin shoxga qaragan ushbu hududda 1523-yilda qurib bitkazilgan sulton Salim I ning maqbarasi joylashgan. Bino tashqi tomondan sakkiz burchakli boʻlib, ayvon qismi oʻziga xos dizayndagi kafel panellari bilan bezatilgan.
Ikkinchi sakkiz qirrali, tashqi qismidagi toshga oʻyilgan uzun yozuvli maqbarada Sulaymon I ning toʻrt nafar farzandi qabri joylashgan. Maqbaralar Xoʻja Sinon tomonidan bunyod etilgan boʻlib, qurilish davri 1556-yilga toʻgʻri keladi. Bogʻdagi uchinchi maqbara 1861-yilda Sulton Abdulmajid I ning vafotidan biroz oldin qurilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid, historic building
- Qurilgan
- 1527-yil
- Muhim voqea
- qurilish
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Material
- dimension stone, Granit, Marmar
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
- Nomi kimdan/nimadan
- Salim I Yovuz
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Yovuz Salim masjidi (uz.wikipedia.org), 7-avgust, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.




Mosque6.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
