Hoji Badal masjidi

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Asif Masimov · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Hoji Badal masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Bədəl; arabcha: مسجد حاجي بادال (باسكال)‎‎) – Ozarbayjon hududida joylashgan, Basqal davlat tarix-madaniyat qoʻriqxonasi hududidagi masjid, tarixiy meʼmoriy yodgorlik. 1854-yilda bunyod etilgan ushbu masjid Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

Hoji Badal masjidi 1854-yilda Basqal qishlogʻining Demirchibazar mahallasida qurilgan. Masjid Hoji Badal Mashadi ogʻa Ogʻlu tomonidan qurdirilgan. Basqalning Goshabuloq mahallasidan boʻlgan Hoji Badal masjidni qizi Sitora (Sitarə) xotirasiga bagʻishlab bunyod etgan. Qurilish jarayoniga Allohiy va Mashadi Sattor ismli ustalar rahbarlik qilgan.

Masjid hovlisida Seyid Ümbülbanu dafn etilgan maqbara ham mavjud. U Imom Jaʼfar Sodiq avlodidan boʻlgan. Maqbara kirishidagi yozuvga koʻra, Seyid Ümbülbanu 1855–1898-yillarda yashagan va shu yerga dafn etilgan.

Ozarbayjonda Sovet bosqinidan soʻng 1928-yildan diniy faoliyatga qarshi rasmiy siyosat boshlandi. Oʻsha yil dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjid, cherkov va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda klublar ixtiyoriga oʻtkazdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda bu son 1700 taga, 1928-yilda 1369 taga, 1933-yilda esa atigi 17 tani tashkil qilgan. Hoji Badal masjidi ham shu davrda yopilgan. Dastlab bino ichiga toʻquv stanoklari oʻrnatilib, ipakchilik ustaxonasi sifatida ishlatilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin bino Qishloq isteʼmol jamiyati ombori sifatida foydalanilgan. 1985-yilda masjid keng koʻlamli taʼmirdan chiqarildi, tom, poldagi qoplama va hovlining tosh qoplamasi yangilandi. 1989-yilda masjid joylashgan hududda Basqal davlat tarix-madaniyat qoʻriqxonasi tashkil etildi.

Ozarbayjon 1991-yilda mustaqilligini tiklagach, masjid yana ibodat uchun ochildi. 2001-yil 2-avgustda mahalliy ahamiyatga ega tarixiy-madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi.

Meʼmorchiligi

Masjidning shift qismi yogʻochdan, pol qismi esa toshdan ishlangan. Tomi temir listlar bilan yopilgan. Masjid ichida 2 ta yarim doira va 6 ta toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi oyna mavjud. Namozxona ayollar va erkaklar boʻlimiga boʻlingan. Namozxona 200 kishini sigʻdira oladi. Masjid minbari yogʻochdan yasalgan, mehrob esa basqalik xattotlar tomonidan turli naqshlar bilan bezatilgan. Masjidda 1 ta gumbaz va 1 ta minora bor. Gumbazning balandligi 4 m (13 ft).

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1854-yil
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.755608, 48.390439Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hoji Badal masjidi (uz.wikipedia.org), 9-iyun, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.