Hakim Termiziy masjidi

Asila Abduraxmatova · CC BY-SA 4.0

Bekipediya · CC BY-SA 4.0

Bekipediya · CC BY-SA 4.0

Hakim Termiziy jomeʼ masjidi (chigʻatoycha: الحكم الترمذي جامع مسجدى‎‎) – Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi masjid.

Tarixi

2017-yil 10-11-fevral kunlari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida Termiz shahrida yangi masjid loyihasi bilan tanishib, qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar bergan.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, masjid „Surxon ipagi“ mas’uliyati cheklangan jamiyati buyurtmasiga asosan „Profgrupp“ MCHJ tomonidan barpo etilgan.

2019-yil 24-may kuni Termiz shahrida Hakim Termiziy nomidagi masjidning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Masjid milliy va zamonaviy meʼmorchilik yechimlari asosida qurilgan. Yonida balandligi 41,5 metrli ikki minora va 22 metrli gumbaz mavjud. Masjid 2 250 dan ortiq musulmonlarning ibodatini bajarish imkonini beradigan xonaqohga ega.

Masjid viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan va barcha zarur jihozlar bilan taʼminlangan. Masjidning yonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan qurilgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi joylashgan.

Masjiddan uncha uzoq boʻlmagan masofada Termiziy meʼmoriy majmui joylashgan boʻlib, u Hakim Termiziy nomi bilan bogʻlangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.232972, 67.257667Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hakim Termiziy masjidi (uz.wikipedia.org), 25-noyabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.