Termiz Arxeologik Muzeyi

Zenwort · CC BY-SA 4.0

Jonibek Qo'zimurodov · CC BY-SA 4.0

Sue Fleckney · CC BY-SA 2.0

Termiz arxeologiya muzeyi — zamonaviy Oʻzbekistonning Termiz shahridagi muzey. Muzeyda saqlanayotgan ashyolar asosan Yunon-Baqtriya va Kushonlar davriga oid. Bodxi daraxti ostida oʻtirgan Budda yoki Kushon shahzodasining boshi kabi baʼzi artefaktlar aslida nusxalar boʻlib, ularning asl nusxasi Toshkent tarix muzeyi va Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanadi. Salalli tepa, Kampirtepa, Xolchayon, Bolaliktepa va Fayoztepaning masshtabli maketlari ham mavjud. Sheroboddagi Tavka qoʻrgʻonida „Toxariston malikasi“ deb nomlangan mashhur devoriy surat topilgan.

Tarixi

Termiz arxeologiya muzeyida Surxondaryo viloyatida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan topilmalar saqlanadi. Viloyat Arxeologiya muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12 yanvardagi „Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida“ gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi „Muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida“ gi 98-sonli va 1999 yil 27 dekabrdagi „Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida“ gi 545-sonli qarorlari asosida tashkil etildi.

Arxeologiya muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 oktyabrdagi 08-10-168 sonli majlis bayonnomasiga muvofiq Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi va Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 10-231 sonli buyrugʻiga asosan vazirlik tizimiga kiritildi (endilikda Madaniyat va sport ishlari Vazirligi).

Arxeologiya muzeyining tematik-ekspozitsion rejasi 2001-yil 14 fevraldagi „Oʻzbekmuzey“ jamgʻarmasining arxeolog olimlar ishtirokidagi kengaytirilgan majlisida tasdiqlanib, Madaniyat ishlari vazirligining muzey ishlari boshqarmasi tomonidan qayta tahrir oʻtkazilib, Madaniyat ishlari vazirligiga taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 231-sonli Buyrugʻiga asosan „Arxeologiya“ muzeyining fondini yangi eksponatlar bilan boyitish ustida talay ishlar qilindi.

Arxeologiya muzeyining binosi „Oʻzqishloqloyiha“ institutining ilmiy xodimlari tomonidan 100 ming eksponatlarni oʻz zahiralarida saqlash imkoniyatiga ega bino sifatida loyihalashtirilgan.

Muzeyning kadrlar boʻlimi uz faoliyatini 2001 yil boshlagan boʻlib, hozirgi kunda muzeyda 65 kishidan iborat shtatlar jadvaliga muvofiq 54 kishi ishlab kelmoqda.

Muzey direktori — tarix fanlari nomzodi, dotsent, "Doʻstlik" ordeni sohibi Ismoil Botirovich Temirov

MUZEYNING ILMIY BOʻLIMLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR.

Arxeologiya muzeyining ilmiy yoʻnalishi tanlangan.

2005 yilgacha uzoqqa moʻljallangan kontseptsiya ishlab chiqilgan.

Mualluf Maqola nomi Nashr nomi, soni, qachon

I.Botirov

„Buyuk ipak yoʻli“. A.Temur muzeyi ilmiy toʻplami. Toshkent FA nashriyoti, 2003.

Termizda buddizm. Buddism in Termez. Pokiston, Laxor, Arxeologiya departamenti, 2003.

„Buyuk ipak yoʻli“. TerDU ilmiy toʻplami. Termiz, 2002.

T.Annaev Osnovnie etapi razvitiya Baysuna. V sb. „Boysun baxori“ Tashkent, 2003.

Etnografiya i toponimi Baysuna. Tam je.

Surxon vohasi jahon madaniyati chorrahasida. 2004.

Sopolli madaniyatining pektografik belgi-yozuvlari Toshkent, 2003.

Sh. Shaydullaev Jarqoʻton. 2002.

Unterchungen zur fruher Eisenzeit in Nordbaktrien. 2003.

Sh. Rahmonov „Jeleznaya vorota“ 2003.

Z.Xoliqov, H.Dedjimuratov Termiz va Chagʻaniyonning oʻrta asrlardagi tarixiy geografiyasi 2004.

Ilmiy xodimlar tomonidan yozilgan ilmiy yoʻnalishdagi maqolalar jurnal va roʻznomalarda chop qilib borilmoqda. Jumladan, 2004 yil mobaynida I.Botirov tomonidan yozilgan „Qadimgi Termizda budda taʼlimoti“ maqolasi „Surxon tongi“ roʻznomasida, „Fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari“ maqolasi „Termiz oqshomi“ roʻznomasida, I.Botirov va ilmiy xodim J.Jumaqulovlar tomonidan „Kim valiy boʻla oladi?“ maqolasi „Termiz oqshomi“ roʻznomasida, „Abulhasan Hujviriy (Julobiy)“ maqolasi „Surxon tongi“ roʻznomasida, „Xonliklar davri“ boʻlimi katta ilmiy xodimi Z.Xoliqov va ilmiy xodim H.Dedjimuratovlar tomonidan „Termiz va Chagʻoniyonning oʻrta asrlarda tarixiy geografiyasi“ maqolasi „Moziydan Sado“ jurnalida, „Termiz yirik hunarmanchilik shahri“, „Arxetikturada islom madaniyatining aks etishi“ maqolasi Termiz Davlat Universiteti professor-oʻqituvchilarning 2004 yil fevral oyidagi ilmiy toʻplamida,

„Mustaqillikning 13 yilligi, maʼnaviyat va maʼrifat“, R.Boltaeva tomonidan yozilgan „Yaponiya oliy taʼlim tizimi“, „JICA koʻmagi bilan“ maqolalari, ilmiy xodim J.Jumaqulov tomonidan „Misgarlik sanʼati“ maqolasi „Surxon tongi“ roʻznomasida chop etildi. Bundan tashqari, I. T. Botirov, T.Annaev tomonidan 2002 yilda oʻzbek tilida „Sharq“ nashriyotida chop qilingan „Surxondaryo viloyati Arxeologiya muzeyi“ deb nomlangan risola Germaniyaning Konrad Adenaur fondining Toshkentdagi vakolatxonasi homiyligida nemis tilida chop qilindi.

Ilmiy xodimlarning tarixiy davrlar boʻyicha tayyorlagan bukletlarning baʼzilarini koʻrsatib oʻtamiz:

Annaev T. „Surxon vohasi jahon madaniyat chorrahasida“.

Gʻulomov O.,

Xudoyberdieva N. „Surxon vohasi Tosh davri yodgorliklari“ II qismli).

„Surxon vohasida Bronza davri madaniyati“ II qismli).

Temirova D. „Ellinizm madaniyatining Arxeologiya muzeyi zallarida koʻrinishi“,

„Yunon Baqtriya podsholigi“

Annaev R „Shimoliy Toxariston devoriy suratlari“, „Ilk oʻrta asrlarda Bojxona inshootlari“.

Dedjimurodov H. „Termiz va Chagʻoniyonning oʻrta asrlarda tarixiy geografiyasi“, „Termiz

yirik xunarmanchilik shahri IX-XI asr“, „Arxetikturada islom madaniyatining ask etishi“, „Mis kosadagi bitiklar“, „Buxoro

xonligi“, „Xiva xonligi“, „Qoʻqon xonligi“.

Choriev. M.

Boltaev F. „Mis shokasadagi bitiklar“, „Qadimda pul muomalasi“

Jumaqulov J. „Abulhasan Hujviriy va uning Kashf ul-Mahjub asari haqida“, „Muzey qanday joy, u qachon paydo boʻlgan?“, Abu al-Hasan Hujviriyning „Kashf ul-Mahjub“ asarining

Qisqa ma’lumot

Turi
archaeological museum
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.244182, 67.282794Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Termiz Arxeologiya muzeyi (uz.wikipedia.org), 14-sentabr, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.