Handan ogʻa masjidi

Ali Osman Dilekoğlu · CC BY-SA 4.0

Ali Osman Dilekoğlu · CC BY-SA 4.0

Handan ogʻa masjidi (turkcha: Handan Ağa Camii) yoki Kuşkonmaz masjidi (turkcha: Kuşkonmaz Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri Beyoğlu (talaffuzi: Beyoʻgʻlu) tumani, Hasköy (talaffuzi: Haskoʻy) mahallasining Oltin shox yaqinida joylashgan masjid. Masjid „Kuşkonmaz“ yaʼni „Qushlar qoʻnmas“ nomi bilan ham tanilgan. Sulton Mehmed II ning ogʻalaridan biri boʻlmish Handan ogʻa inshootni XV asrda qurdirgan. Masjidning ichki qismi XVI–XVII asrlarga oid Iznik koshinlari hamda XIX asrga oid mayolika (sirlangan guldor sopol va sopol idishlar kuydirilgan loyning tabiiy rangi va gʻovak parchalarga ega boʻlib, nafis va rangli boʻyoqlar bilan sirlanadi) koshinlari bilan bezatilgan. Masjidning sohil chizigʻi melioratsiya uchun toʻldirilgunga qadar bino yertoʻlasi qayiqxona boʻlgan. Masjid XVIII–XIX asrlarda, shuningdek, 1960-yillarda bir necha bor taʼmirlangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, historic building
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.038216, 28.951102Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Handan ogʻa masjidi (uz.wikipedia.org), 22-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.