Hil masjidi
Hil masjidi (ozarbayjoncha: Hil məscidi; arabcha: مسجد هيل (قوسار)) – Ozarbayjonning Qusar tumani hududidagi Hil qishlogʻida joylashgan masjid.
1912-yilda qurib bitkazilgan bu masjid 2001-yil 2-avgustdagi 132-sonli qaror bilan Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi
Hil masjidi qurilishi 1908-yilda mahalliy aholi tomonidan yigʻilgan xayriyalar hisobiga boshlangan. Masjid 1912-yilda ibodat uchun ochilgan.
Ozarbayjonga Sovet bosqinidan soʻng 1928-yilda dinlarga qarshi rasmiy ravishda kampaniya boshlandi. Oʻsha yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagoglarni taʼlim maqsadlarida klublar ixtiyoriga oʻtkazdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda bu raqam 1700 ta, 1928-yilda 1369 ta, 1933-yilda esa atigi 17 tani tashkil qilgan. Hil masjidi ham shu davrda ibodat uchun yopilgan, binodan klub va omborxona sifatida foydalanilgan.
Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, masjid qayta ibodat uchun ochildi. 2001-yil 2-avgust kuni masjid rasmiy ravishda mahalliy ahamiyatga ega tarixiy-madaniy yodgorlik sifatida roʻyxatga olindi.
Meʼmorchiligi
Masjid poydevori daryo toshlaridan, asosiy bino esa pishiq gʻishtlardan qurilgan. Ichki qismi turli bezaklar bilan bezatilgan. Tomi temir qoplamalar bilan yopilgan. Masjid gumbazi bilan birga uning toʻrt burchagiga 4 ta temir minora oʻrnatilgan boʻlib, ularning har biri 4 m (13 ft) balandlikda. Masjid ichida bir vaqtning oʻzida 300 kishi namoz oʻqishi mumkin, ikkinchi qavatda ayollar uchun katta namoz oʻqish xonasi mavjud.
2013-yilda masjid jiddiy darajada avariya holatiga kelgan. 2019-yilda qayta taʼmirlash ishlari boshlangan. Taʼmirlash jarayonida binoning tashqi devorlari suvalgan, eshik, deraza va tom qismi yangilangan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1912-yil
- Meros maqomi
- cultural heritage monument in Azerbaijan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hil masjidi (uz.wikipedia.org), 2-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)