Hırka-i Şerif masjidi

Sureta · CC BY-SA 4.0

Sureta · CC BY-SA 4.0

Sureta · CC BY-SA 4.0

Hırka-i Şerif masjidi (usmonli turkcha: خرقه شریف جامعي‎‎, turkcha: Hırka-i Şerif Camii) – Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan tarixiy masjid. Bino oʻz nomini masjidda saqlanib qolgan yodgorlik – paygʻambar Muhammadning mantiyasidan olgan.

Masjid

Hırka-i Şerif masjidi (soʻzma-soʻz „Muborak mantiya masjidi“) Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Hırkaişerif mahallasida joylashgan. Masjid Usmonli imperiyasi sultoni Abdulmajid I (hukmronligi 1839–1861) buyrugʻiga binoan barpo etilgan. Bino qurilishi 1847-yilda yaqin atrofdagi binolarni joylashtirish uchun ekspropriatsiya ishlari amalga oshirilganidan keyin boshlangan va 1851-yilda yakunlangan. Masjid islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammadning yodgorligi bilan bogʻliq (usmonli turkcha: Hırka-i Şerif‎‎) boʻlib, VII asrda yashagan islom arbobi, turk olamida Veysel Karani nomi bilan mashhur, turklar orasida katta hurmatga sazovor shaxs, yamanlik Uvays Qaraniyga sovgʻa sifatida berilgan.

Keyinchalik masjid binosi kengaytirilib, sulton ayyoni, qasr, yodgorlikni qoʻriqlash uchun mas’ul jandarm rotasi uchun kazarma va xizmatchilar uchun turar-joy binolari qurilgan. Masjid meʼmori haqida maʼlumotlar mavjud emas. Bino devor bilan oʻralgan hovlining oʻrtasida joylashgan boʻlib, uning har ikki tomonida uchta darvozasi bor. Masjid Quddusdagi Qubbat as-Saxra ziyoratgohidan (688–692-yillarda qurilgan) taʼsirlangan holda qurilgan deyiladi. Inshoot gumbazining diametri 11.50 m (37.7 ft)ga teng. Masjid va qoldiqlar saqlanadigan bino ohaktoshdan, gumbazlari esa qoʻrgʻoshin bilan qoplangan gʻishtdan qilingan.

Masjidda bir necha marotaba konservatsiya va restavratsiya ishlari amalga oshirilgan. 2017-yilda masjid namozxonlar uchun yopib qoʻyilgan. Bugungi kunda ham binoda restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Masjid namoz oʻquvchilar uchun ochiq.

Muborak mantiya yodgorligi

Uvays Qaraniyning avlodlari qoʻlida saqlanib kelgan yodgorlik dastlab Aegean mintaqasiga, keyinroq XVII asr boshlarida sulton Ahmad I (hukmronligi: 1603–1617-yillar) farmoni bilan Istanbulga olib kelingan. Yodgorlik Uvays Qaraniyning avlodlari qarorgohida saqlanib kelgan. XVIII–XIX asrlarda hukmronlik qilgan Usmonli imperiyasi sultonlari yodgorlikka katta hurmat koʻrsatib, diniy tashrif buyuruvchilarga yodgorlikni tomosha qilish osonroq boʻlishi uchun tosh hujralar qurdirgan. Usmonlilar davrida yodgorlik Ramazon oyining ikkinchi yarmida koʻrgazmaga qoʻyilgan, roʻza oyining uchinchi haftasi erkak tashrif buyuruvchilar uchun, toʻrtinchi haftasi ayollar uchun ajratilgan. Respublika davrida bu tartibdan voz kechilgan va aralash gender tashrifi odatiy holga aylangan.

Bugungi kunda ham yodgorlik muqaddas oyning birinchi juma kunidan to Roʻza hayitigacha boʻlgan toʻrt hafta davomida ommaga namoyish etib kelinmoqda.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, historic building
Me’moriy uslub
Ottoman architecture, Ampir, Renaissance Revival architecture
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Cloak of the Prophet
Meros maqomi
cultural property requiring protection

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.021819, 28.941778Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hırka-i Şerif masjidi (uz.wikipedia.org), 14-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.