Vasat Atik Ali posho masjidi

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Vasat Atik Ali posho masjidi (turkcha: Vasat Atik Ali Paşa Camii) – Zincirlikuyu masjidi (turkcha: Zincirlikuyu Camii) yoki Karagümrük masjidi nomlari bilan ham tanilgan Turkiyaning Istanbul shahri Fotih tumani, Karagümrük mahallasi, Fevzipaşa koʻchasida joylashgan Usmonli masjidi. Bino sulton Boyazid II ning vaziri Hadim Atik Ali posho nomi bilan atalgan. 1502-yilda posho ushbu masjid qurilishiga buyruq bergan, qurilish ishlari uning vafotidan bir yil oʻtib, 1512-yilda nihoyasiga yetgan.

Masjid Istanbuldagi bir nechta gumbazlardan iborat ikkita masjiddan biri hisoblanadi, ikkinchi shunday masjid Piyale posho masjididir. Ikkalasi masjid ham umumiy oltita gumbazdan iborat. Masjid Zincirlikuyu (zincirlikuyu – „zanjirli“, kuyu – „quduq“) nomli quduq yonida joylashgani uchun ham uzoq vaqt Zincirlikuyu masjidi nomi bilan atalgan.

Masjid minorasi 1648-yilning iyun oyida sodir boʻlgan zilziladan keyin qulab tushgan. 2013-yilda minorada 2,2 million lira (1,03 million dollar) qiymatidagi taʼmirlash ishlari boshlanib, 2014-yilda yakuniga yetkazilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, historic building
Qurilgan
1512-yil
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.024969, 28.941674Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Vasat Atik Ali posho masjidi (uz.wikipedia.org), 28-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.