Hisor masjidi
Hisor masjidi (turkcha: Hisar Camii) yoki Hisarönü masjidi (Hisarönü Camii) – Turkiyaning Izmir shahridagi tarixiy masjid. 1592–1598-yillar oraligʻida Izmir beyi va Usmoniylar hokimi Aydinogʻlu Yoqubbey tomonidan qurilganligi qayd etilgan. XVI asrga oid ushbu masjid shahar markazidagi eng yirik masjidlardan biri boʻlib, uning ichki qismida Izmirda joylashgan Usmoniylar islom sanʼati namunalari mavjud.
Meʼmorchiligi
Masjidning markazida, kirish eshigiga qaragan holda bitta asosiy gumbaz joylashgan boʻlib, sakkizta yirik ustunlar gumbazni koʻtarib, mustahkamlab turadi. Uning har ikkala tomonida yana uchta katta gumbazlar joylashgan, gumbazning eng yuqori qismi orqa tarafida uchta kichik gumbaz mavjud. Hovlining yon tomonlari boʻylab ketma-ket yettita gumbaz joylashgan. Hovliga qaragan holda joylashgan shodirvon (tahorat olinadigan favvora) ham mavjud. Masjid shikastlanganidan keyin 1813, 1881, 1927 va 1980-yillarda qayta tiklangan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1597-yil
- Ochilgan
- 1598-yil
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Material
- stone, Marmar
- Joylashgan hudud
- Aegean mintaqasi
- Nomi kimdan/nimadan
- İzmir Port Castle
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hisor masjidi (uz.wikipedia.org), 22-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)



