Kestanepazarı masjidi

Ziegler175 · CC BY-SA 3.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Kestanepazarı masjidi (turkcha: Kestanepazarı Camii; Kashtan bozori masjidi degan maʼnoni anglatadi) – Turkiyaning Izmir shahridagi tarixiy masjid.

Sayyoh Avliyo Chalabiy tomonidan qayd etilgan maʼlumotlarga koʻra, masjiddagi yozuvda uning islomiy taqvim boʻyicha 1078-yilda (milodiy taxminan 1668-yil) Ahmet ogʻa tomonidan qurilgani qayd etilgan. Masjid XIX asrda Eminzoda Ahmet ogʻa tomonidan kengaytirilgan va hozirgi koʻrinishiga keltirilgan.

Meʼmorchiligi

Ikki qavatli masjid tosh va marmardan qurilgan. Markaziy qismida bitta katta asosiy gumbazi, uning toʻrt burchagida toʻrtta kichikroq gumbaz joylashgan. Ushbu kichik gumbazlar orasida yarimgumbazlar bor. Masjid mehrobi Selçukdagi Isabey masjididan olib kelingan. Mehrob Qur’on oyatlari va zarhal gul naqshlari bilan bezatilgan panelga ega. Masjidning shimoli-gʻarbiy burchagida joylashgan minora yoʻnilgan toshdan qurilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1667-yil
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Material
stone, Marmar
Joylashgan hudud
Aegean mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 38.420000, 27.135000Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Kestanepazarı masjidi (uz.wikipedia.org), 15-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.