Husayniya masjidi
Huseyniyya masjidi (ozarbayjoncha: Hüseyniyyə Məscidi), shuningdek, Tat masjidi (ozarbayjoncha: Tatlar Məscidi) nomi bilan tanilgan, Ozarbayjonning Ganja shahrida joylashgan sobiq masjid va tarixiy-meʼmoriy yodgorlik. Ushbu sobiq masjid 1825-yilda Arran meʼmorchilik maktabi uslubida bunyod etilgan.
Binodan XX asr boshlaridan buyon kutubxona sifatida foydalanib kelinmoqda.
Tarixi
Husayniya masjidi 1825-yilda Eron shahzodasi Bahman Mirzaning qizi Sabiyya xonim tomonidan ajratilgan mablagʻi hisobidan qurilgan tarixiy-meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi. Masjidga Erondan kelgan ziyoratchilar ham tashrif buyurgan boʻlib, mahalliy aholi uni „Tat masjidi“ deb atay boshlagan.
XIX asr oxirida Husayniya masjididan Aleksandr Pushkin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan kutubxona sifatida foydalanila boshlangan. Biroq bu holat uzoq davom etmagan va masjid yana oʻz faoliyatini boshlagan. 1920-yilda kutubxona „Nizomiy–Pushkin“ nomi ostida qayta tiklangan. Xalq rassomi Toʻgʻrul Narimanbekov Nizomiy Ganjaviy yubileyi arafasida binoning ichki devorida ikki buyuk shoirga bagʻishlangan devoriy rasmlar yaratgan. Kutubxona ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy sharafiga nomlangan boʻlib, unda taxminan 10 000 ta kitob mavjud.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1825-yil
- Me’moriy uslub
- Arran architectural school
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Husayniya masjidi (uz.wikipedia.org), 15-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





