Iplikçi masjidi

Hüseyin Öcal · CC BY 3.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Iplikçi masjidi (turkcha: Iplikçi Camii), Abulfazl masjidi nomi bilan ham tanilgan – Saljuqiylar hukmronligi davrida milodiy 1201–1202-yillarda (hijriy 598) Turkiyaning Konya shahri, Alouddin tepaligining sharqiy qismida qurilgan islomiy jome masjid.

Tarixi

Milodiy 1201–1202-yillarda (hijriy 598) shu yaqin atrofda yashovchilarning juma namozini ado etishlari uchun qurilgan boʻlib, Koʻniya sultonligi XIII asrda qabul qilingan masjid qurish rejasining dastlabki namunalaridan biri hisoblanadi. Bino, shuningdek, Onadoʻlida Saljuqiylar davrida gʻishtdan qurilgan ikkita masjiddan biri hamdir.

Inshoot dastlab uni qurgan shaxs – tabrizlik Abulfazl Abduljabbor sharafiga nomlangan, keyinchalik masjidga iplikçi Najibuddin Ayozning nomi berilgan. Iplikçi soʻzi turkchada ip tanlovchi, ip oluvchi yoki yigiruvchi degan maʼnolarni anglatadi.

Masjid eshigidagi yozuvga koʻra, bino 1333-yilning aprel oyi boshida (hijriy 733) Masudzoda Hoji Abubakir tomonidan yanada kengaytirilgan. 1584-yilda yonib ketgan va savdogar Hoji Amrulloh tomonidan qayta taʼmirlangan. Masjid qayta-qayta tiklangan boʻlsa-da, uning ilk meʼmoriy elementlari (jumladan, XIII asrga oid mehrob izlari), ustav hujjati va oʻrta asr manbalaridagi eslatmalar uning tarixiy ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaydi.

Hozirgi mehrob XIX asr meʼmorchiligi barokko uslubida bezatilgan, biroq uning ostidagi polda Saljuqiylar davriga oid asl mehrob qoldiqlari saqlanib qolgan. Bu qoldiqlar Onadoʻlidagi eng qadimgi Saljuqiylar meʼmorchilik sanʼati namunasi hisoblanadi.

Bino 1945-yilda Muzeylar boshqarmasi tomonidan restavratsiya qilingan va hozirgi koʻrinishga keltirilgan. 1960-yilning fevral oyida masjid sifatida qayta ochilgunga qadar 1951-yilda Konya muzeyining Klassik asarlar boʻlimi sifatida foydalanishga topshirilgan.

Meʼmorchiligi

Masjidning rejasi taxminan 30 x 40 metr oʻlachamga ega.

Masjidning markaziy qismida joylashgan asosiy darvozasidan mehrobga qadar boʻlgan uchta gumbazi oval shaklga ega boʻlib, Saljuqiylar davridagi noyob meʼmoriy namunalardan biri hisoblanadi.

Taxminan 1900-yilga oid fotosuratlarda masjidning oʻsha vaqtda ham gumbazli tomga va kalta, yoʻgʻon minoraga ega boʻlganligini koʻrish mumkin. Bu esa keyingi davrda uning fasad devorlari va minorasining sezilarli darajada balandlashtirilganligini koʻrsatadi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
13-yil
Me’moriy uslub
Anatolian Seljuk architecture
Material
stone, kafel
Joylashgan hudud
Markaziy Anadolu mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.871944, 32.496667Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Iplikçi masjidi (uz.wikipedia.org), 26-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.