Isabey masjidi

Carlos Delgado · CC BY-SA 3.0

Joe Wallace · CC BY-SA 2.0

Klaus-Peter Simon · CC BY-SA 3.0

Isabey masjidi (turkcha: İsa Bey Camii) – 1374–1375-yillarda qurilgan masjid, Onadoʻli beyliklaridan qolgan eng qadimgi meʼmoriy sanʼat asarlaridan biri. Izmirning Selçuk shahridagi Ayasluğ tepaliklari etagida joylashgan.

Tarixi

Bino suriyalik meʼmor Ali ibn Mushaimish ad-Dimashqiy tomonidan Aydınoğulları begi Isabey sharafiga qurilgan. Masjid loyihasi Damashqdagi Umaviylar masjidi asosida ishlab chiqilgan.

1829-yilda kelib masjid vayronaga aylangan, 1842-yilda esa minora qulab tushgan. XIX asrda karvonsaroy sifatida ham foydalanilgan. Masjidning yonida sakkizburchak shaklida tosh va gʻishtdan qurilgan, piramida shaklidagi tomga ega boʻlgan Saljuqiylar ehromi mavjud.

Meʼmorchiligi

Masjid sharqiy va gʻarbiy tomonlarda joylashgan ikkita asosiy kirish eshigiga ega boʻlib, ichkarisida hovli va hovuz mavjud. Gʻarbiy devorga yozuvlar va geometrik shakllar ishlangan. Bu devorlar marmar bilan qoplangan, qolgan tomonlari esa yo'nilgan toshdan qilingan. Diametri 9.4 metr (31 ft) va 8.1 metr (27 ft) boʻlgan gumbazlarining chetlari Iznik kafellari bilan bezatilgan. Ichki hovlida 12 ta ustunlar ayvonlarni oʻrab turadi. Gʻishtdan qurilgan minoraning poydevori sakkiz burchakli qilib qurilgan, uning balkondan yuqori qismi vayron boʻlgan. Masjidning gʻarbiy tomonida yana bir minora joylashgan boʻlib, ushbu minora hozirgi kunda butunlay vayron boʻlgan. Mehrob esa boshqa masjidga koʻchirilgan, chunki uning oʻrnida binoda yangi eshik ochilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, archaeological site
Qurilgan
1374-yil
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi
Material
dimension stone
Tarkibiy qismi
Ephesus
Joylashgan hudud
Aegean mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.952222, 27.365833Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Isabey masjidi (uz.wikipedia.org), 15-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.