Iskandar posho masjidi
Iskandar posho masjidi (turkcha: İskenderpaşa Camii) – Turkiyaning Trabzon shahrida XVI asrda qurilgan Usmoniylar masjidi.
Dastlab masjid hovlisida qurilgan madrasalar bugungi kunda mavjud emas, gʻarbiy qismidagi eski qabriston buzib tashlangan, faqatgina Iskandar poshoning qabri saqlanib qolgan. Turli vaqtlarda masjid hududini kengaytirish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilgan, shu sababli restavratsiya vaqtida masjidning asl koʻrinishi oʻzgarib borgan. Masjiddagi toshdan yasalgan buyumlar juda yuqori sifatga ega. Minorada gʻisht va rangli toshlar bilan beatilgan. Masjidning asosiy qurilish rejasi Iznikdagi Yashil masjidga oʻxshaydi. Eshik ustidagi yozuvda keltirilishicha, masjid 1559-yilda qurilgan, boshqa bir yozuvga koʻra, masjidni hozirgi koʻrinishga keltirilgan restavratsiya ishlari 1882-yilda amalga oshirilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Joylashgan hudud
- Qora dengiz mintaqasi
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Iskandar posho masjidi (uz.wikipedia.org), 22-iyun, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.



.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
