Yangi Juma masjidi
Yangi Juma masjidi (turkcha: Yeni Cuma Camii) – Turkiyaning Trabzon shahrida joylashgan masjid. Dastlab Vizantiya imperiyasi davrida shahar homiyi Avliyo Eugeniusga bagʻishlab Agios Eugenios cherkovi sifatida qurilgan. Shahar 1461-yilda sulton Mehmed II Fotih tomonidan bosib olinganidan soʻng, oʻsha shahardagi koʻplab cherkovlar singari masjidga aylantirilgan.
Tarixi
Cherkovning aniq qachon qurilgani nomaʼlum, ammo tadqiqotchilar uni bazilika deb hisoblashadi. Binoning yonidan 1291-yilga oid yozuv topilgan. Biroq 1222-yilda Trabzonni qamal qilish paytida shahar aholisining qarshiligidan gʻazablangan Sulton Melik binoning yuqori devorlarini buzib tashlashni va polni buzib, olib tashlashni buyurgan. Shu sababli hozirgi bino aynan shu voqealardan keyin qurilgan boʻlishi mumkin.
Sayohatchi va jurnalist Jakob Philipp Fallmerayer XIX asrning boshlarida Trabzonga tashrif buyurganida binoning ichkarisida Alexios I dan Alexios III gacha boʻlgan imperatorlarning rasmlari qoldiqlarini koʻrganligini xabar qilgan. Har bir rasmga tegishli sarlavha hamda shaxsning ismi yozilgan boʻlgan. Biroq tarixchi va arxeolog Gabriel Millet bino ustida tekshiruv olib borgan paytga kelib, bu yozuvlar yo’qolib ketgan. Shunga qaramay, Millet kirish joyining chap tomonida rasmlarning izlari qolganini tasdiqlagan.
Meʼmorchiligi
Minora 1461-yilda Usmoniylar istilosidan keyin masjidga aylantirilgan cherkovning shimoliy eshigi atrofidagi maydonga qoʻshilgan. Tosh mehrob barokko uslubida, minbar esa yogʻochdan hech qanday bezaklarsiz ishlangan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid, former church building
- Joylashgan hudud
- Qora dengiz mintaqasi
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Yangi Juma masjidi (uz.wikipedia.org), 25-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.


.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)


