Julfalar masjidi

Sefer azeri · CC BY-SA 4.0

Julfalar masjidi (ozarbayjoncha: Culfalar məscidi) – Ozarbayjonning Qorabogʻ viloyati Shusha shahridagi poytaxt shahar Bokudan 350 km janubi-gʻarbda joylashgan masjid.

Tarixi

Julfalar masjidi Shusha shahri Julfalar mahallasining Üzeyir Hacıbəyov va S. Asgarov koʻchalari chorrahasida joylashgan. Shushada umumiy 17 ta mahalla joylashgan boʻlib, Julfalar mahallasi shaharning 9-quyi mahallalaridan biri hisoblanadi. Julfalar masjidi XIX asr oxiriga kelib Shusha shahrida faoliyat koʻrsatgan 17 masjiddan biri boʻlgan. Bino Yuxari Govhar Ogʻa masjidi va Ashagi Govhar Ogʻa masjidi bilan bir qatorda Shushaning eng ahamiyatga molik yodgorliklaridan biri hisoblangan. Julfalar masjidi jomeʼ masjidining minoralari boʻlmagan, tashqi koʻrinishi Chuxur mahallasi masjidi hamda Hoji Yusifli masjidlari kabi toʻrtburchak koʻrinishda qurilgan boʻlsa-da, ichki koʻrinishi Islom dini meʼmorchiligiga toʻliq mos kelgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.758445, 46.754310Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Julfalar masjidi (uz.wikipedia.org), 9-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.