Shusha gilam muzeyi
Shusha gilam muzeyi — Shusha shahrida joylashgan Ozarbayjon davlat gilam va amaliy san’at muzeyining filiali boʻlib, Qorabogʻ gilamchilik anʼanalarini oʻrganish, saqlash va rivojlantirish maqsadida 1985-yil 26-sentabrda Ozarbayjon SSR Madaniyat vazirligining 502-sonli buyrugʻi bilan tashkil etilgan.
Filial oʻz faoliyatini 1987-yil 19-mayda general Samad bey Mehmandarovga tegishli 18-asr saroyida boshlagan.
Artsax shaharni nazorat qilgan davrda muzey kolleksiyasi Bakudagi Ozarbayjon gilam muzeyiga koʻchirilgan.
2020-yilgi Togʻli Qorabogʻ sulh kelishuvidan soʻng Ozarbayjon Shusha ustidan nazoratni qayta qoʻlga kiritgach, muzey oʻzining asl joyiga qaytish rejalarini eʼlon qildi. Qayta tiklangan muzey 2023-yilda yana ochildi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- muzey
- Qurilgan
- 1987-yil 19-may
- Ochilgan
- 1987-yil 19-may
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Shusha gilam muzeyi (uz.wikipedia.org), 17-avgust, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.




