Kadı Bedrettin masjidi

Sadrettin · CC BY-SA 4.0

İmmortalance · CC BY-SA 4.0

İmmortalance · CC BY-SA 4.0

Kadı Bedrettin masjidi – Turkiyaning Edirne viloyati markazida joylashgan masjid, XVI asr boshlarida sulton Sulaymon I hukmronligi davrida Edirne qozikaloni lavozimida xizmat qilgan Mavlono Bedrettin Mahmud afandi tomonidan bunyod etilgan. Baʼzi manbalarda qurilish ishlari 1530-yillarda amalga oshirilgani aytiladi.

Masjidni qurdirgan mavlono Bedrettin Mahmud afandi Shayxi Chalabiy va shayxulislom Qozizoda Ahmad Shamsiddin afandining otasi boʻlgan. Bir muddat mudarris boʻlib ishlaganidan soʻng Mavlono Bedrettin Mahmud afandi Halab va Edirne qozikaloni etib tayinlangan. U Edirne qozikaloni lavozimida xizmat koʻrsatyotgan vaqtida vafot etgan.

Qozikalon Bedrettin masjidi tekis yerda qurilgan boʻlib, devorlar bilan oʻralgan katta hovli ichida joylashgan. Masjidning shimolida uni qurdirgan Mavlono Bedrettin Mahmud afandining qabri joylashgan. Masjid devorlarini qurishda kesma tosh va gʻishtdan foydalanilgan. Qurilish rejasi kvadrat shaklida boʻlib, 1 ta gumbaz va 1 ta minoraga ega. Masjidning oxirgi jamoat qismi 2 ta gumbaz bilan qoplangan. Masjid devoriga tutash Qozikalon Bedrettin chashmasi 2020-yilning 23-noyabrida qabul qilingan 7211-sonli qaror bilan Edirne Madaniy merosni muhofaza qilish mintaqaviy kengashi tomonidan muhofaza etilishi lozim boʻlgan madaniy obidalar roʻyxatiga kiritilgan.

1752-yilgi Edirnedagi kuchli zilzila oqibatida masjid jiddiy zarar koʻrgan va gumbazi qulab tushgan, restavratsiya vaqtida esa tom bilan yopilgan. 1953-yilgi zilziladan soʻng yogʻoch tom gumbaz bilan almashtirilgan va oxirgi jamoatxona qismi gumbazlari qayta tiklangan. Masjidning soʻnggi restavratsiya ishlari 2017-yilda boshlangan. 3 yillik taʼmirdan soʻng masjid 2021-yilda ibodat uchun qayta ochilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.670147, 26.565338Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Kadı Bedrettin masjidi (uz.wikipedia.org), 12-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.