Kasimiye madrasasi
Kasımiye madrasasi (turkcha: Kasımiye medresesi) yoki Qosim posho madrasasi — sobiq madrasa, Turkiyaning Mardin shahrida joylashgan.
Joylashuvi
Madrasa eski Mardin shahar markazining janubi-gʻarbida joylashgan. Kasımiyening balandligi taxminan 975 metr (3,199 ft) ni tashkil etadi.
Tarixi
Artukiylar sulolasidan boʻlgan sulton Az-Zohir Majdiddin Iso ibn Dovud (yoki Iso Bey) Anadolu beyliklaridan birining hukmdori boʻlgan va aynan u madrasa qurilishiga buyruq bergan. Ammo bino toʻliq qurilmasdan 1407-yilda Qoraqoʻyunlilarga qarshi jangda halok boʻlgan. Shahar Oq qoʻyunli turkmanlari qoʻliga oʻtgandan soʻng qurilish qaytadan boshlangan. Madrasaning qurilishi 1445-yilda Oqqoʻyunlu sulton Muizziddinning oʻgʻli Kasım tomonidan nihoyasiga yetkazilgan.
1924-yilda Turkiyadagi barcha madrasalar diniy hayotga umumiy hujum va jamiyatni dunyoviylashtirishga qaratilgan ishlar doirasida yopilgan.
Bino
Asosiy bino toʻrtburchaklar shaklida qurilgan. Naqshli peshtoq orqali janubiy tomondan kirish mumkin. Hovlida hovuz bor. Hovuzdagi suv oʻlim va sirotni (islom dinida jannatga olib boruvchi doʻzax ustidagi tor koʻprik) ifodalovchi tor yoriqdan oqib oʻtadi. Sinf xonalari hovuz atrofi boʻylab joylashtirilgan. Talabalar oʻqituvchilari oldida hurmat bilan taʼzim qilishlari uchun sinf eshiklari ataylab past qilib qoʻyilgan.
Fil soati
Ayvonning shimolida 12-asrda yashagan musulmon muhandisi al-Jazariy tomonidan yaratilgan fil soati reproduksiyasi joylashtirilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Madrasa
- Qurilgan
- 1445-yil
- Joylashgan hudud
- Southeastern Anatolia Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Kasimiye madrasasi (uz.wikipedia.org), 5-mart, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

