Kocatepe masjidi

Uğurgüler06 · CC BY-SA 4.0

Dudva · CC BY-SA 4.0

Befoolish · CC BY-SA 3.0

Kocatepe masjidi (turkcha: Kocatepe Camii) – Turkiyaning Anqara shahridagi eng katta masjid. 1967-yildan 1987-yilgacha Kızılaydagi Kocatepe kvartalida qurilgan boʻlib, kattaligi va markazda joylashganligi sabab Anqaraning deyarli har qanday nuqtasidan koʻzga koʻrinadigan yodgorlikka aylangan.

Tarixi

Kocatepe masjidini qurish gʻoyasi 1940-yillarga borib taqaladi. 1944-yil 8-dekabrda Turkiya Din ishlari boʻyicha vitse-prezident Ahmet Hamdi Akseki yetmish ikki taʼsischi aʼzosi bilan birgalikda „Anqaraning Yenişehir shahrida masjid qurish jamiyati“ nomi bilan mashhur jamiyat tuzgan. 1947-yilda ushbu jamiyat arxitektorlardan oʻz loyihalarini taqdim qilishlari eʼlon qilgan, ammo ularga taqdim etilgan loyihalarning hech biri jamiyat tomonidan qabul qilinmagan. 1956-yilda oʻsha davrning Bosh vaziri, marhum Adnan Menderesning saʼy-harakatlari bilan Anqarada masjid qurish loyihasi uchun alohida yer ajratilgan va 1957-yilda yana bir bor masjid loyihasi uchun soʻrov tashkil qilingan. Bu safar jami 36 takliflar jamiyat tomonidan baholangan va ular orasida Vedat Dalokay va Nejat Tekelioğlu tomonidan ishlab chiqilgan qoʻshma loyiha amalga oshirish uchun tasdiqlangan.

Meʼmorchiligi

Qabul qilingan loyiha innovatsion va zamonaviy dizaynga ega edi. Masjid qurilishi boshlangan, biroq uning zamonaviy koʻrinishi konservativlar tomonidan qattiq tanqidga uchragan, shundan soʻng faqatgina poydevor qoʻyilgan qurilish toʻxtatilgan. Vedat Dalokay keyinchalik 1969-yilda Pokistonning Islomobod shahrida joylashgan Faysal masjidi loyihasi boʻyicha xalqaro tanlovda gʻolib chiqib, Kocatepe masjidining oʻzgartirilgan versiyasini barpo etgan. 24 000 namozxonni oʻzida sigʻdira oladigan ushbu masjid dunyodagi eng yirik masjidlardan biri boʻlib, koʻpchilik tomonidan zamonaviy islom meʼmorchiligining ilgʻor namunalari qatoriga kiritilgan.

1967-yilda masjid loyihasi uchun oʻtkazilgan uchinchi tanlovdan soʻng, Hüsrev Tayla va M. Fatin Uluengin tomonidan ishlangan yanada konservativ dizayn tanlab olingan. Ushbu loyiha asosida boshlangan bino qurilishi 1987-yilda qurib bitkazilgan. Masjid Usmoniylar meʼmorchiligining neo-klassik uslubida qurilgan boʻlib, uning dizaynini yaratishda Edirnedagi Salimiya masjidi, shuningdek, Istanbuldagi Shahzoda va Sulton Ahmet masjidlaridan ilhomlanilgan. Ushbu meʼmorchilik namunalari ham oʻz navbatida Ayo Sofiya ibodatxonasining Vizantiya meʼmorchiligidan taʼsirlanib yaratilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1987-yil
Me’mor
Hüsrev Tayla, Fatin Uluengin
Me’moriy uslub
Ottoman architecture

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.916667, 32.860556Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Kocatepe masjidi (uz.wikipedia.org), 15-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.