Maltepe masjidi

Reality · CC BY 3.0

Derbrauni · CC BY 4.0

Victor Grigas · CC BY-SA 2.0

Maltepe masjidi (turkcha: Maltepe Camii) – Turkiyaning Anqara shahridagi masjid. Kocatepe masjidi bilan bir qatorda Anqaradagi eng mashhur masjidlardan biri.

Joylashuvi

Masjid Anqaraning Maltepe mahallasida joylashgan. Gʻarbiy tomonda joylashgan Anıtkabirgacha taxminan 900 metr (3,000 fut), sharqda Sıhhiye maydonigacha boʻlgan masofa taxminan 600 metr (2,000 fut)ni tashkil qiladi.

Tarixi

Masjid qurilishi meʼmor Recai Akçay tomonidan rejalashtirilgan. Anqara munitsipaliteti tomonidan muqaddas hudud deb eʼlon qilingan. Poydevor qoʻyish marosimi 1954-yilda oʻtkazilgan, qurilish ishlari 1959-yilda yakunlangan.

Masjid binosi

Binoning umumiy maydoni hovli bilan birga 7,019 square metre (75,550 kv ft)ni tashkil qiladi. Masjidning qurilish rejasi kvadrat shaklda boʻlib, har bir tomoni 20 metr (66 ft). Bino pol bilan isitiladi. Yon devorlarining pastki 5 metr (16 ft)i keramika bilan qoplangan. Masjidda bitta yashil gumbaz boʻlib, balandligi 30 metr (98 ft)ni tashkil qiladi. Har biri bittadan şerefe (balkon)ga ega boʻlgan minoralarning balandligi 50 metr (160 ft)ni tashkil qiladi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Me’mor
Recai Akçay

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.924803, 32.847136Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Maltepe masjidi (uz.wikipedia.org), 15-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.