Husayn Jovid maqbarasi

Самый древний · Public domain

Philosopherazer · CC BY-SA 3.0

Sefer azeri · CC BY-SA 4.0

Husayn Jovid maqbarasi (ozarbayjoncha: Hüseyn Cavid məqbərəsi) – Naxchevandagi atoqli ozarbayjon shoiri va dramaturgi Husayn Jovid qabri ustiga oʻrnatilgan maqbara.

Tarixi

Majmua Ozarbayjonning uchinchi prezidenti Haydar Aliyev tashabbusi bilan barpo etilgan. Mishkinozxonim – Husayn Jovidning xotini, Ertoʻgʻrul – Husayn Jovidning oʻgʻli va Turonxonim – Husayn Jovidning qizi qabrlari ham maqbara ichida joylashgan. Maqbara 1996-yil 29-oktyabrda Husayn Jovid tavalludining 114 yilligi munosabati bilan qurilgan.

Arxitekturasi xususiyatlari

Naxchivan-Maragʻa meʼmoriy uslubida qurilgan maqbara ikki qismdan – yuqori va pastki qismdan iborat. Maqbaraning ichki qismida Husayn Jovid byusti oʻrnatilgan. Loyiha muallifi Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan meʼmor Rasim Aliyev, haykaltaroshi esa Ozarbayjon xalq rassomi Omar Eldarov.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley
Qurilgan
1996-yil
Me’mor
Ömer Eldarov, Rasim Aliyev
Me’moriy uslub
Architectural school of Nakhchivan
Material
Beton, Marmar

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.215028, 45.412028Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Husayn Jovid maqbarasi (uz.wikipedia.org), 16-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.