Muhammad bashoro maqbarasi
Muhammad Bashoro maqbarasi — Tojikiston (Mozori Sharif) dagi meʼmoriy yodgorlik (11 — XII asrlar). Togʻ yonbagʻrida daraxtlar orasidagi goʻzal xushmanzara maydonda joylashgan. Murakkab hajmda oʻziga xos tarhsa qurilgan. Dastlab 3 qism [maqbara, masjid va yer osti 2 xona (goʻrxona)]dan iborat boʻlgan. 1342—43 yillarda aralash qilib keng, chuqur ravokli ziyoratxona va burchagida kichik xonalar, shuningdek, bir-biridan oʻtiladigan qator yoʻlaklar qurilgan. M.Muhammad bashoro maqbarasi balxi gumbazli. Gumbaz osti bagʻallariga muqarnaslar ishlangan. Bosh tarzidagi peshtoq hashamatli bezatilgan, oʻyma hoshiyali mayda girih naqshlar, oq, koʻk va havo rangdagi sirli sopol bilan qoplangan. Zaminiga oʻsimliksimon naqshlar ishlanib, devoni xati bilan toʻldirib uslublashtirilgan. Maqbara va ziyoratxonadagi sagʻanalar turli rangdagi koshinkori naqshlar va oʻyma naqshli marmardan ishlangan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Mavzoley
- Tarkibiy qismi
- list of World Heritage Sites in Northern and Central Asia
- Meros maqomi
- Tentative World Heritage Site
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Muhammad Bashoro maqbarasi (uz.wikipedia.org), 22-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)