Mihrimah Sultan masjidi (Üsküdar)
Mihrimah Sulton masjidi (turkcha: Mihrimah Sultan Camii, İskele Camii) – XVI asrda qurilgan Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahri, Üsküdar (talaffuzi: Uskudar) tumanining tarixiy markazida, qirgʻoqqa qaragan holda bunyod etilgan. Masjid Üsküdarning eng mashhur, diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanib, binoning muqobil nomi oʻzi joylashgan hudud nomidan olingan. Sohil yoʻli qurilgunga qadar masjid toʻgʻridan-toʻgʻri suv boʻyida joylashgan boʻlib, binogacha faqat qayiqda borish mumkin boʻlgan.
Tarixi
Masjidning qurilish rejasi imperator meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, 1543—1544 va 1548-yillarda qurilgan. Yodgorlik sulton Sulaymonning qizi va buyuk vazir Damat Rustam Poshoning rafiqasi Mihrimah Sulton tomonidan qurdirilgan ikkita juma masjididan biri hisoblanadi.
Arxitekturasi
Katta masjid baland maydonda qurilgan boʻlib, uning ichida ikki qavatli, marmardan ishlangan tahorat olinadigan favvorali ayvon joylashgan. Inshootning qurilishida Xoʻja Sinonning oʻziga xos bir qancha uslublarini koʻrish mumkin, masalan, masjid keng, baland gumbazli yertoʻla, ingichka minoralar va bir gumbazli baldachinga ega boʻlib, yon tomoni uchta yarim gumbazlar bilan tugaydi.
Binoning tashqi tomoni kulrang va oqish toshlardan qurilgan. Ichki devorlar va minbarlarni qurishda esa mamlakatga import qilingan marmar toshlardan foydalanilgan.
Masjid minoralaridan biriga oʻyib ishlangan quyosh soati hali ham mavjud.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Jome masjid, Masjid, historic building, kulliya
- Qurilgan
- 1548-yil
- Muhim voqea
- olov
- Me’mor
- Xoʻja sinon
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
- Nomi kimdan/nimadan
- Mihrimah Sulton (Sulaymon I ning qizi)
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Mihrimah Sulton masjidi (Üsküdar) (uz.wikipedia.org), 3-fevral, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.



.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)