Xoʻja Sinon masjidi

Artemco · CC BY-SA 4.0

Detta Priyandika · Public domain

Artemco · CC BY-SA 4.0

Meʼmor Sinon masjidi (turkcha: Mimar Sinan Cami) – Turkiyaning Istanbul shahri, Atashehir tumanida joylashgan masjid. Inshoot 2012-yilda foydalanishga topshirilgan.

Masjidning qurilish ishlari Turkiya hukumati buyrugʻiga koʻra amalga oshirilgan va meʼmor Hilmi Şenalp (talaffuzi: Hilmi Shenalp) loyihasiga koʻra qurilgan. Masjid dastlab „Anadoluning buyuk masjidi“ deb nomlanilishi koʻzda tutilgan, keyinchalik esa inshootga bosh vazir Recep Tayyip Erdoğan (talaffuzi: Rajab Toyyib Erdo‘g‘an) Usmonlilar imperiyasining mashhur meʼmori Xoʻja Sinonning (XVI asr) nomini bergan. U masjidning ochilish marosimida Anadoluda meʼmor Sinon „selatin“ masjidi kabi (soʻzma-soʻz tarjimasi: sulton, imperator) masjid yoʻqligini aytgan. Prezident tadbirga tashrif buyurgan davlat rahbarlariga Usmonli imperiyasi sultonlari marosimlarining miniatyura nusxasini sovgʻa qilgan.

Masjid 10 000–12 500 kishiga moʻljallangan. Markaziy gumbazning balandligi 42 metr, minoralarning balandligi 72 metr. Majmuada kutubxona, oʻquv xonalari, konferensiya zallari, doʻkonlar, garaj va VIP zalni oʻz ichiga olgan katta yer osti maydoni mavjud.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
2012-yil
Me’mor
Hilmi Şenalp

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.995667, 29.112250Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Xoʻja Sinon masjidi (uz.wikipedia.org), 25-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.